Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Londonning Qulashi" filmiga ham "Baron"ning kuni tushdi!

4-mart kuni AQShda premera qilingan yangi blokbaster – “Londonning qulashi” 10-mart kuni yurtimizga ham yetib keldi. Ha, to‘g‘ri angladingiz, “pirat” diskda! Bu “ayanchli voqea” bir necha kunlar oldin o‘zimizning blokbaster - “Baron”ning “bosh”iga ham tushgandi! (Dublyaj ortidagi tildan bu kartinani "okean orti"da "qaroqchi" urmaganini anglash mumkin. Chunki, qahramonlar ispan tilida so‘zlashadi. "Baron" ni Toshkentda kim tarqatgani esa hanuz mavhum qolmoqda. Juda sirli "qaroqchilik"!) 
“Londonning qulashi” treyleri dunyo kinomuxlislari diqqatini jalb etgani rost. Axir, 2-3 daqiqalik videoda Yerning eng tinch va xavfsizlik choralari yuqori darajada ko‘riladigan shahar  - London ostin-ustun bo‘ladi! Big Ben portlaydi, mostlar parcha-parcha bo‘ladi... Hollivudning boshqa chorasi ham qolmayotir. Tomoshabinlarni hayratga solib, kinoteatrga chorlash uchun rejissyorlar shunday falokatlarni kompyuter grafikasida yaratishni afzal bilmoqda. To‘g‘ri, shaharlarni kinoda vayron qilish bugun boshlanib qolgani yo‘q. Bir necha yillar oldin “Ertadan keyin” filmida butun Nyu-Yorkni qor qoplaydi, “2012” kartinasida esa Yerning yarmini “er” yutadi, “San Andres”da Kaliforniya zilziladan barbod bo‘ladi... Navbat Londonga yetib kelganday!
“Pirat” diskni tomosha qilishga majbur bo‘ldik. Avvalo, yangi kartinani birinchilardan bo‘lib, tomosha qilish ishtiyoqi (chunki, hali bizning kinoteatrlarga yetib kelmadi. Balki, namoyish qilinmasa ham kerak!), qolaversa, “Londonni vayron qilish ortidan film tomoshabinga nimalar demoqchi?” degan savolga javob topish edi!
Jerard Batler – 2016 yilning ilk ikki blokbasteri bosh rollarini ijro etdi. “Misr xudolari” va “ Londonning qulashi”. Shu kunlarda Toshkent kinoteatrlarida ham “Misr xudolari” namoyish etilmoqda. Jerard bu kartinada salbiy obrazni yaratgan bo‘lib, tomoshabinlar “nafrat”ini yetarlicha “qozonish”ga erishdi. “Londonning qulashi”da u himoyachi (AQSh Prezidentining eng ishongan yordamchisi) rolini ijro etib, o‘sha “nafrat”ni haydashga shaylangan ko‘rinadi!  
Film voqealari Pokistondan boshlanadi. Keyin AQShga ko‘chadi. Undan so‘ng London. Dunyo “lider”lari jamlanadigan kun. Birdan otishma boshlanadi. Yana birdan Big Ben portlaydi, mostlar portlaydi. Temza daryosi London bo‘laklariga to‘ladi! Bir necha jangari kartinalardan “hiylakorona o‘g‘irlangan” voqealar “bo‘tqa”lashtirilgan! Diqqatim qochdi. Mohiyat izlab, topolmadim.
Xullas, “Londonning qulashi” jiddiy o‘ylanmagan ssenariy sabab o‘zi ham “qulagan”. Undan o‘zimizning “Baron” qiziqarliroq. Tomosha qilgach, bunga amin bo‘lasiz! Ana aytdi dersiz!  
Jasur HAMROYEV 


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6605 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Baron, Londonning Qulashi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
sokin Шу филмни жойланглар Админлар?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное