Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ayol Qalbi - True Love
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Qirolicha - Stakan Version
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lutfulla Sa’dullaev shifoxonada. Aktyorning ahvoli og‘irligi ma’lum qilindi...


O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullaev og‘ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida yotibdi. Bu haqda aktyorning qizi, sulola davomichisi Muqaddas Sa’dullayeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar qoldirdi.


“Ahli mo‘min-musulmonlar, qo‘llaringizni duoga ochib, adajonimning sog‘liklarini so‘rab duo qiling. 5 daqiqa vaqtingizni duodan ayamang! Hozirda shifoxonada hayot bilan kurashyaptilar... Hali xalqimiz uchun ko‘p yashashlari kerak, ko‘p ijod qilishlari kerak”, deb yozadi Muqaddas Sa’dullayeva.

Aktrisaning ma’lum qilishicha, shu kunlarda Lutfulla Sa’dullaev “Bahor qaytmaydi” filmining ikkinchi qismi ustida ish boshlagan.

“Orzularidagi film, ya’ni “Bahor qaytmaydi–2 — Alimardon To‘raevning qaytishi”ning tasvirga olish jarayonlarini nihoyasiga yetkazishlari kerak. Katta sahnada premera qilib, siz aziz muxlislar bilan diydor ko‘rishishlari kerak. Oldinda yoshlarga namuna bo‘ladigan filmlar yaratishlari kerak. Farzandlariga, nabira va abiralariga bosh bo‘lishlari kerak. Duo qiling, azizlar! Iltimos, duo qiling”, deb so‘zlarini yakunlagan Muqaddas Sa’dullayeva.

Lutfulla Sa’dullaev bundan avval ham bir necha bor yurak xastaligi bilan shifoxonaga tushib, og‘ir operatsiyalarni boshidan o‘tkazgan edi. Ana shunday operatsiyalardan biri Hindistonda ham amalga oshirilgandi.

Bir necha kun avval aktyor yana jarrohlik stoliga yotqizildi. Operatsiya omadli o‘tdi, biroq kutilmaganda aktyorning ahvoli og‘irlashdi va jonlantirish bo‘limiga olindi. Ma’lumotlarga qaraganda, Lutfulla Sa’dullaevning ahvoli jiddiy...

Ma’lumot uchun, aktyor joriy yilning 18 dekabr kuni 77 yashni qarshilaydi. 1940 yilda Toshkentda tavallud topgan Lutfulla Sa’dullaev hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tugatadi.

So‘ng Yosh tomoshabinlar teatrida ish boshlab, faoliyati davomida 200 ga yaqin spektakllarda bir-biridan esda qolarli rollar ijro etadi. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan ortiqdir.

1968 yilda hamkasbi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva bilan turmush qurgan aktyor — bugun 3 farzandning otasi, 7 nabiraning sevimli buvasi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullaevga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6492 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lutfulla Sa’dullaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное