Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ma’mur Sultonov rafiqasi Sevara Soliyevaga Ilk Sevgi izhori haqida so‘zlab berdi

Ma’mur Sultonov rafiqasi, aktrisa Sevara Soliyevaga ilk sevgi izhori qanday bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. 
“Madaniyat va san’at institutida kursdosh edik. U bilan bir partada o‘tirardik. Sevara birinchi bosqichda Yolqin To‘ychievning ‘Poyma-poy’ filmida suratga tushgandi. Ta’til vaqtida film ekranga chiqib, mashhurlikka erishganiga qaramay, xarakteri o‘zgarmaganidan unga nisbatan hurmatim oshgan. Birinchi kursdayoq yoqtirardim. Har safar ‘Siz menga yoqasiz’, desam buni xazil sifatida qabul qilardi. Ikkinchi bosqichda informatika darsida kompyuterga ‘Men sizni sevaman’ deb yozganman. Sevara so‘zlarimni o‘chirib, ‘Ishonmayman’, deb xonadan chiqib ketdi. o‘shandan keyin munosabatlarimiz jiddiylasha boshladi. Sevaraning odobi, xushchaqchaqligi ma’qul kelgani uchun umr yo‘ldosh sifatida ko‘rdim. 
‘Ota-onam nima desa, o‘sha bo‘ladi’, deganidan keyin tezda sovchi jo‘natganman”,—deydi Ma’mur Sultonov “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida. 
Ma’lumot uchun, Sevara Soliyeva va Ma’mur Sultonovning o‘g‘il farzandi bor.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7797 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevara Soliyevaga, Ma’mur Sultonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное