Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Kuz ertagi-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Ishq Jodusi - All I want
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Madaniyat va sport ishlari vaziri vazifasiga loqaydlik bilan yondoshgan 30 nafar rahbarga jazo belgiladi






22 oktyabr kuni O`zbekiston davlat konservatoriyasida Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatining 2016 yil 9 oylik yakunlariga bag`ishlangan kengaytirilgan Hay`at majlisi o`tkazildi.

Hay`at yig`ilishda hay`at a`zolari, vazir o`rinbosarlari, vazirlik markaziy apparati boshqarmalari boshliqlari, vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari rahbarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning sport bo`yicha mas`ul o`rinbosarlari, tizimdagi teatrlar, muzeylar, sport maktablari, ta`lim muassasalari, IBO`SM rahbarlari hamda tuman (shahar) bo`limlari boshliqlari, jami 454 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Vazirlik tomonidan o`tgan 9 oy mobaynida sohani rivojlantirishga qaratilgan 30ga yaqin loyihalar, takliflar ishlab chiqildi. Xususan, madaniyat yo`nalishining o`zida 3ta qonunga o`zgartirish kiritish bo`yicha loyiha ishlab chiqilyapti. 

20ga yaqin O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qaror va farmoyishlari tayyorlanib, vazirlik va idoralar bilan kelishilyapti. 4ta Hukumat qaror loyihasi vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Ushbu ishlarimizni yuqori saviyada, munosib tarzda amalga oshirish, yakuniga etkazish, birinchi navbatda kadrlardan, xususan, rahbar kadrlardan katta fidoyilikni, tajriba va "soha uchun yuragi achishini” talab etadi.

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta`biri bilan aytganda, "Eskicha boshqarish qoliplari va usullaridan qutula olmayotgan rahbarlardan qat`iy voz kechadigan vaqt kelgani”ni yil boshidan buyon barchaga uqtirishga harakat qildik va yana takrorlashga ehtiyoj tug`ilmoqda”.

Bahodir Ahmedov ayniqsa,  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi "2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 178-son hamda 2010 yil 29 dekabrdagi "2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog`larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to`g`risida”gi 322-son qarorlari ijrosi holatiga keskin tanqidiy –tahliliy ruhda to`xtaldi. Shuningdek, Respublika muzeylari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,  aholini mazmunli dam olishini tashkil etish, o`sib kelayotgan yosh avlodni ma`naviy va estetik tarbiyalashdagi rolini oshirish borasida amalga oshirayotgan choralarning natijadorligiga alohida urg`u berdi.

"Vazirlar Mahkamasining 178 –qarorida belgilanganidek, 2018 yil yakunigacha 894ta zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari tashkil etilishi lozim. Bugungi kunga qadar esa Respublika bo`yicha 189 ta Markazlar to`liq ta`mirlandi va foydalanishga topshirildi. Ushbu ishlarga 106,0 mlrd.dan ziyod mahalliy byudjet mablag`i sarflandi. 2013-2015 yillarda ta`mirlash va jihozlash belgilangan 247 ta madaniyat va aholi dam olish markazlaridan 58 tasi (24%) foydalanishga topshirilmagan. Ko`rib turganingizdek, vazifalar to`liq  bajarilmagan. 

2011-2015 yillar davomida Respublikada 225ta bog`ni to`liq foydalanishga topshirish belgilangan holda muddat o`tib ketgan bo`lishiga qaramay endigina 132tasi to`liq ta`mirdan chiqdi, zamonaviy attraksionlar bilan ta`minlandi. Ushbu ishlarga 200 mlrd. so`mdan ziyod byudjet, homiy va tadbirkorlar mablag`lari sarflandi. 

Afsuski, aksariyat hududlarda olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz, talabga javob bermaydi”. 

Majlis so`ngida ko`rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. O`z vazifasiga nisbatan loqaydsizlarcha yondoshgan 30 nafardan ortiq rahbar kadrlarga nisbatan intizomiy jazolar belgilandi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3913 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Madaniyat va sport ishlari vazirlig, Vazirlar Mahkamasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное