Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Madaniyat va sport ishlari vazirligi “E’tirof” mukofoti bo‘yicha qaror qabul qilganicha yo‘q





Mamlakatimizda madaniyat va san’at, sport sohalarida  yilning eng yaxshilarini e’tirof etish ana’naga aylagan. Ularni “E’tirof” milliy mukofoti bilan taqdirlash marosimi har yili dekabr oyning so‘nggi kunlarida o‘tkazilar edi. 
 
Avvalroq, ushbu taqdirlash marosimi bu yil ham o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi haqidamaqola e’lon qilgan edik. Ushbu maqolada keltirilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Matbuot xizmati va “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi mas’ul xodimlari “E’tirof” o‘tkazilishi bo‘yicha hozircha hech qanday ma’lumot bera olmasliklarini ma’lum qilishgan.
 
Albatta, bu hol g‘ayritabiiy ko‘rinishga ega. Nega deganda, har yili o‘tkazilishi ana’naga aylangan bu kabi yirik tadbir birdaniga to‘xtatib qo‘yilsa, odamlar orasida turli mish-mishlarga sabab bo‘lishi aniq. Yana bir o‘ziga xos holat shuki, avvalgi “E’tirof” taqdimot marosimi ham o‘tkazilishiga sanoqli kunlar qolganida e’lon qilingan.
 
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yuqoridagi masalaga oydinlik kiritganiga umid qilgan holda ular bilan bog‘landik. Lekin vazirlik Matbuot xizmati xodimi Dilfuza Qarshiboyevaning aytishicha, “E’tirof-2016” taqdimot marosimi o‘tkazilishi bo‘yicha hali hech qanday ma’lumot yo‘q.
 
Bu holatdan qanday xulosa chiqarishga hayronmiz. Bu yil ham yilning eng yaxshisi nomiga sazovor bo‘ladiganlar anchagina deb o‘ylaymiz. Balki, avvalgi taqdimotlarda g‘olib bo‘lolmaganlar bu yilgi sovrinni qo‘lga kiritish uchun qattik kirishgandir. Ularning umidi puchga chiqmasmikan?
 
Keling, shu o‘rinda o‘tgan yilgi “E’tirof-2015” g‘oliblarini eslab o‘tamiz.
 
“Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan “E’tirof-2015” taqdirlash marosimida g‘oliblar  “Teatr,  kino va ommaviy tomoshalar”,  “Estrada,  an’anaviy,  opera xonandaligi,  musiqa ijrochiligi va raqs san’ati”,  “Tasviriy va amaliy san’at”,  “Badiiy ijod,  jurnalistika va televideniye”,  “Sport”,  “E’tibor,  ehtirom,  e’zoz” kabi oltita yo‘nalish asosida yigirma uch nominatsiya bo‘yicha aniqlangan.
 
“E’tirof-2015” nominatsiyalari g‘oliblari:
 
“Yilning eng yaxshi teatr aktyori” - Feruz Burxonov
 
“Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi” - Shahlo Temirova
 
“Yilning eng yaxshi kinoaktyori” - Shohruh Nasimov
 
“Yilning eng yaxshi kino aktrisasi” - Yulduz Rajabova
 
“Yilning eng yaxshi tarixiy ayol obrazi” - Gulbahor Yo‘ldosheva
 
“Yilning eng yaxshi yoshlar dasturlari prodyuseri” - Baxtiyor Safarov
 
“Yilning eng yaxshi haykaltaroshi” - Jasvanbek Annazarov
 
“Yilning eng mohir hunarmandi” - Jasur Jumayev
 
“Yilning eng yaxshi radioboshlovchisi” - Ibrohim Ahmedov
 
“Yilning eng yaxshi jurnalisti” - Jamshid Umrzoqov
 
“Yilning eng yaxshi sportchisi” - Dmitriy Shokin
 
“Yilning eng yaxshi sport murabbiyi” - Jalol Yusupov
 
“Yilning sport malikasi” - Diyora Keldiboyeva
 
“Yilning paralimpiyachisi” - Husniddin Norbekov
 
“E’tibor, ehtirom va e’zoz” – Nuriddin Hamroqulov
 
“San’atdagi xizmatlari uchun” – Nuriddin Haydarov
 
“Yilning eng yaxshi bastakori” – Oydin Abdullayeva
 
“Yilning eng yaxshi baletmeysteri” – Charosoy Juraboyeva
 
“Yilning eng yaxshi raqqosasi” – Dilorom Madrahimova
 
“Eng yaxshi opera ayol xonandasi” – Shirin Mamatova
 
“Yilning eng yaxshi guruhi, ansambli, orkestri” – Oybek va Nigora
 
“Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi” – Abdurashid Yo‘ldoshev
 
“Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi” – Malika Egamberdiyeva
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3333 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: E’tirof
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Kutamiz! B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное