Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Madina Mumtoz qaysi ishidan uyaladi?


Xonanda, aktrisa, ikki farzandning onasi, suyukli yor va chaqqongina kelin — Madina MUMTOZ bilan bog‘lanib, ijodi haqida suhbatlashmadik! Bu safar u noodatiy savollarimiz nishonida! Qani ko‘ramiz, berilgan vazifani qay darajada uddalar ekan.

— Hayotda qiyofadoshingiz bo‘lishi mumkinmi?

— Ha! «Zuhram»ni uchratmaganman-u, ammo qaysidir jihatlari, ehtimol tashqi ko‘rinishi, yuz tuzilishi menga o‘xshash bo‘lganlar bor. O‘zim ko‘rganman!

— Opera, jaz, rep — qay bir yo‘nalishda tajriba qilib ko‘rishingiz yoxud duet ijrosi amalga oshishi mumkin?

— Opera yo‘nalishida tajriba qilish niyatim yo‘q emas! Demak, opera!

— Tavakkal qilib...

— Bilmasam... menimcha, oila qurayotganimizda, tanlagan yorimizni qanchalik yaxshi bilmaylik, tanimaylik, qaysidir ma’noda tavakkal qilamiz. Menda ham shunday bo‘lgan.

— Kimlarga nisbatan «allergiya»ngiz bor?

— O‘ziga bino qo‘ygan, atrofidagi odamlarni qo‘l uchida ko‘rsatadigan insonlarga nisbatan «allergiyam» kuchli!

— Xayolingizda tinimsiz aylanadigan qo‘shiq?

— ...ko‘pincha ertalab biror taronani tinglasam, kun bo‘yi u xayolimda aylanaveradi. Ko‘pchilikda shunday bo‘lsa kerak, o‘ylarimizni band qiladigan qo‘shiqlar o‘zgaruvchan!

— Tasavvur qiling, s’yomkaga ketayotib yo‘lingizda adashdingiz. Telefoningizning quvvati tugagan, aksiga olib mashina benzining ham tagi ko‘rinib qolayapti, tag‘in deng, yoningizda pulingiz yo‘q! Nima qilasiz?

— Avval mashinani chetroqqa olaman, shu vaqtda biror kim yonimdan o‘tib qolsa, undan yordam so‘rayman, qo‘ng‘iroq qilib olish uchun. So‘ng taksi to‘xtataman-da, vaziyatni tushuntirib manzilim tomon oshiqaman. Xullas, vaziyatdan chiqish yo‘lini topaman!

— Madinaning jahli chiqqanda...

— Qorni ochqagan bo‘ladi (kulib). Arzimagan narsaga ham achchig‘im kelishi mumkin, mabodo fikrimni oxiriga yetkazib berishimga qo‘yishmasa, juda qattiq jahl qilaman.

— Qilayotgan ishingizdan uyalasiz, qachonki...

— Yolg‘on aralashgan bo‘lsa... Ertami, kechmi sirim fosh bo‘lishidan cho‘chib, qilayotgan ishimdan uyalaman. Lekin bunaqangi vaziyatlar sira bo‘lmagan. Rostgo‘ylikni qadrlayman!

— Bir marta bo‘lsa ham mushtlashganmisiz?

— Maktab paytlarim dugonalarimning yonini olib, tortishib turar edim. Lekin mushtlashishgacha bormagan.

— Pardozsiz ko‘chaga chiqishingiz mumkinmi?

— Ha va bu holat juda ko‘p takrorlanadi.

— Turmush o‘rtog‘ingizni kutib olishda-chi?

— Ba’zan pardozsiz bo‘lishim mumkin, lekin imkon qadar umr yo‘ldoshimning ishdan qaytishiga yasan-tusan qilvolaman!

— Bolalik xotiralaringizni yodga soluvchi ifor qaysi?

— Onam foydalangan atir! Bolaligimni eslaganimda aynan shu ifor dimog‘imga urilgandek bo‘ladi.

— Ijodiy safarga ketayotganingizda o‘zingiz bilan olishingiz shart bo‘lgan 3 ta narsa-buyum?

— Pul, uyali telefonim va uning quvvatlagichi!

— Madina Mumtoz hayotining «saundtreki» qaysi kompozisiya?

— O‘zim ijro qilgan «Baxtli bo‘l» qo‘shig‘i!

Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4897 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Madina Mumtoz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное