Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Mahalliy avtomobillarni sotib olishda yig‘im joriy etiladi
 

O‘zbekiston Respublikasi hukumati 2014-yilning 1-aprelidan boshlab mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yangi avtomobilini sotib olishda Respublika yo‘l jamg‘armasi uchun olinadigan yig‘imni amalga kiritadi. Bu xususda UzDaily xabar bermoqda.

 

Yig‘im Prezidentimizning 2013-yil 25-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilgan.

 

Respublika yo‘l jamg‘armasi uchun olinadigan yig‘im stavkasi avtomobil narxining 3 foizi miqdorini tashkil etadi. Mazkur yig‘im O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va mamlakat hududidagi ixtisoslashgan savdo tarmog‘i orqali sotib olinadigan yangi avtomobillardan olinadi.

 

Avvalroq 2014-yilning 1-aprelidan boshlab Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni ixtisoslashtirilgan savdo tarmog‘i orqali sotib oladigan fuqarolar uchun ham ushbu yig‘im joriy etilganligi xabar qilingan edi.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 3398 | Рейтинг: 1| Рейтинг: avtomobill
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное