Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Osiyo-Soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Majnun”Ning Yutuq va Kamchiliklari Sanab O‘tildi

Sahifamiz eksperti adabiyotshunos Shuhrat RIZAEV anchayin shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Majnun” filmi yuzasidan fikr bildirib, ijodkorlarning yutuq-kamchiliklariga to‘xtaldi...
Shuhrat RIZAEV, adabiyotshunos: — “Majnun” filmining ancha jihatlari ma’qul keldi. Lekin har taraflama mukammal kinokartina, deyish fikridan yiroqman. Ssenariy muallifi va rejissyor Jahongir Ahmedov juda chiroyli film yasagan. Yasaganligi shundaki, bunday voqea xayolan bo‘lishi mumkin, Jahongir esa shuni haqqoniy holatlarini tasavvurda hayotiy qilib ko‘rsatib bera olgan. Hayot bilan badiiy mantiq o‘rtasidagi nisbatlarda ma’lum darajada muayyan muvofiqlik, muvozanat bor. Filmning eng asosiy ko‘zga tashlanadigan yutug‘i bu – operatorning ishi. Tasvirlarni mukammalligi filmning boshqa omillariga nisbatan yuqori ham. Ssenariy muallifi va rejissyor sifatida Jahongir Ahmedovning tajribasi yuqori. “Majnun”da ham uning bilim va tushunchalari, malakasi ish bergan. Insoniy muhabbatning yangicha shakllarini zamonaviy rivoyatdek go‘zal tasvirlagan. 
“Sovuqqonlik me’yordan oshib ketgan”
Filmning ijro va uning talqini bilan bog‘liq mulohazalar ham yo‘q emas. Masalan, filmda jurnalist qizning o‘ziga xos qiyofasini yaratishga harakat qilingan. Biroq o‘rni kelganda jurnalistning sovuqqon ko‘rinishi faollashishini istagandim. Bunday tabiatlik jurnalistlar ham bo‘lishi mumkin. Asal hayotning past-balandini onasining baxtsiz taqdiri misolida ko‘rgani uchun ham ro‘y berayotgan hodisalarga xushyor nigox bilan qarashga o‘rgangan qizni gavdalantirgan. Gohida shu sovuqqonlik me’yordan oshib, voqealarga loqaydlik bilan yondashayotgandek tasavvur uyg‘otdi. Hayotda o‘z o‘rnini topishni istayotgan bu jurnalist qizga ehtiros yetishmagandek. 
“Muhammadiso Abdulxairov rolini hazm qilolmadim”
Aktyor Muhammadiso Abdulxairovga to‘g‘ri rol tanlanmagan, roli o‘ziga yarashmagan. Aktyorlar bir xil rollarda chiqaverib, tomoshabin xotirasida bir xil “qolip”ga tushgan aktyor sifatida taassurot uyg‘otib bo‘lgan. Bu xulosani o‘zgartirish juda qiyin. Muhammadisoning aktyorlik “ampluasi”da bachkana qiliqlaridan iborat rollarini ko‘rib o‘rganib qolganman, shekilli... 
“Ra’no Shodiyev ikkinchi “plan”da ham mahoratini ko‘rsata olgan”
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyev juda mahoratli aktrisa. Buni ishonch bilan aytishimning boisi Ra’no ikkinchi plandagi rolni ham ichki kechinmalar ifodasi bilan muvaffaqiyatli talqin qila oladi. Hatto ba’zi o‘rinlarda Ra’noni Asal Shodiyevning o‘rnida tasavvur qilgan holatlarim ham bo‘ldi. Aktrisa ko‘p qirrali aktrisa ekanini yana bir karra namoyon eta olgan.
“Boshqa aktyor ovoz bergani ma’qul edi”
 “Majnun”da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonovning roli anchayin salmoqli. Lekin unga boshqa aktyor ovoz bergani ma’qul edi, bu filmga yanada muvaffaqiyat keltirgan bo‘lardi. Boisi Matyoqub filmda “ko‘cha tili”da gapirgan. Qahramoni esa butun umr ovulda qo‘ychuvon bo‘lib yurgan cho‘pon, shunday ekan uning gapirish uslubi boshqacha bo‘lishi kerak.          
“Ulug‘bek Qodirovning “men”i his qilinmaydi”
Rejissyorlar Ulug‘bek Qodirovdan unumli foydalana olishmayapti. Uning ishtirokidagi filmlarni ko‘rganda, Ulug‘bekni “men”ini his qilmaysan, kishi. Masalan, har bir filmda aktrisa Ra’no Shodiyevning “men”ini sezasiz. Ulug‘bek esa “rejissyorning aytganini bajarsam bo‘ldi”, qabilida ishlagandek tuyuladi. Roliga nisbatan o‘zining munosabati yo‘q.
Filmning yakunidan esa umuman qoniqmadim. Muhammadisoning qahramoni xotini, ikkita bolasini tashlab, boshqa ovuldagilardan yordam so‘rab borishi va bosh qahramonning bo‘rilar bilan jang holati ko‘rsatilmay, qonga belangan holda qaynotasining qo‘lida jon berishi, Matyoqubning qahramoni oppoq qo‘zichoqni ko‘tarib chiqishi va jurnalistni giyohvandlikni tashlagan yigit bilan qabrlar tepasiga borishi o‘xshamagan yakundek. Nazarimda, filmlarimizga optimistik ruh berish kerak. Film davomida sportchi yigit jurnalistga moyilligini bildirdi. Onasining baxtsizligini takrorlamay, Asal va Ulug‘bekning qahramonining kelgusi hayoti birgalikda davom etishi mumkinligiga ishora qilish kerak edi. Giyohvand yigit jurnalist qizning unda ko‘ngli yo‘qligini tushundi-ku. Asalning qahramoni Elyor Mahkamovning qahramoniga marhamat ko‘rsatib, hayotini qurbon qilishi kerakmi? Film yakunini bo‘ri bilan kurashgan sportchi yigit omon qolishi va sandiqdagi oppoq qo‘zichoqni bag‘riga bosgancha o‘tovning oldiga chiqishi bilan yakunlash kerak edi. Oppoq qo‘zichoq bu – yorug‘lik ramzi va jurnalist bilan hayotiy yo‘llari birlashishi haqida tomoshabinga umid qoldirardi.        
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4507 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Majnun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
raxmatovd1999 Biz xam kursak baxo beramiz %)
Like | 0
MNNN2316 Tori qowilaman bu kinoni kordm muhammadisoni rollariga ozlariga tuwmagan sz etkanizde ulani backanaro rollada korvurib organb qoludik
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное