Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Maktabda o‘zbekona urf-odatlarga zid raqsga tushgan qizlarning ota-onasiga tayinlangan jarima bekor qilindi
Navoiy viloyatining Karmana tumani kasb-hunar maktabining faollar zalida bayramga tayyorgarlik jarayonida voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning raqsga tushgani videosi tarqalgandi. Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgach, o‘zbek millatiga munosib bo‘lmagan, o‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqsga tushgani uchun qizlarning ota-onasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-modda 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlangandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur videorolik yuzasidan Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ma’muriy huquqbuzarlik deganda ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik tushuniladi (MJtK, 10-modda).

Shuningdek, MJtKning 47-moddasida ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi belgilangan tartibda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilgan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu videorolikdagi hatti-harakatlar, xususan, alohida bir holatda qizlar davrasida raqs tushilishi “ota-onalarning bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmasligi” deb noto‘g‘ri huquqiy kvalifikatsiya qilingan, ya’ni mazkur holatda ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi mavjud emas.

Voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning raqs uslublari O‘zbekiston jamiyatidagi umumtarqalgan ma’naviy qadriyatlarga to‘la mos kelmasligi mumkin, lekin insonlarning ahloqiy o‘lchamlari va qarashlari qonunlar bilan belgilangan normalardan noto‘g‘ri foydalanishga, ayniqsa javobgarlikka tortishga olib kelmasligi lozim”, deyiladi Adliya boshqarmasi munosabatida.

Qonunchilikda qaysi harakat yoki harakatsizlik uchun javobgarlik kelib chiqishi, aniq belgilab qo‘yilgani bois, ota-onalarga qo‘llanilgan jarima bekor qilingan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 999 | Рейтинг: 0| Рейтинг: jarima, tayinlangan, qilindi, bekor, Maktab, zid, o‘zbekona, raqsga, Qizlarning, ota-onasiga, tushgan, urf-odatlarga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное