Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Malayziyada kuchli zilzila qayd etildi

Malayziyaning sharqiy qismida juma kuni 5,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Segodnya.ua’ning Sultonlik meteorologiya departamentiga asoslanib xabar berishicha, sunami xavfi kutilayotgani yo‘q.
Zilzila epitsentri Sabah shtatining Rana shahridan 16 kilometr shimoli-sharqda, o‘chog‘i esa 54 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
“Zilzila binolarni silkitib yubordi, oqibatda odamlar o‘z uylarini, do‘konlarni va hatto Sabah shtati poytaxti Kota-Kinabaludagi xalqaro aeroport terminalini ham tashlab chiqishdi”, – deb yozadi Star gazetasi.
Zilzila natijasida halok bo‘lganlar va jabrlangan haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Qo‘shni Indoneziya va Filippindan farqli o‘laroq, bu qadar kuchli zilzilalar Malayziya uchun noodatiydir.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2843 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Malayziya, zilzila, qayd etildi, kuchli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное