Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Pazanda - Sad Love
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Merlin-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Malikam endi qara: Murod haqida batafsil ma'lumotlar (Biografiya)


“Mening yurtim” telekanalida efirga uzatilayotgan “Malikam, endi qara” seriali qahramonlari bilan tanishtirishda davom etamiz. Bugun serialda bosh qahramon Murod rolini ijro etgan — Burak Deniz haqida bilib olasiz...

Bolalik

Burak Deniz — 1989 yil 20 oktabr kuni Istanbulda tug‘ilgan bo‘lsada, bolaligi Izmirda o‘tgan.Ota-onasi ajrashib ketgach, u onasi bilan bobosining uyiga ko‘chib o‘tadi. “Uning eng sevimli mashg‘uloti televizor qarshisida o‘tirish edi. Multfilm, kino va seriallarni bitta qoldirmay ko‘rardi. “Oilaviy bayramlarda yaxshi ko‘rgan aktyorlarining xatti-harakatlarini o‘xshatib, hammani qoyil qoldirardi” , — deydi aktyorning onasi Deniz xonim.

Aktyor o‘rta maktabni tamomlagach, bolalikdagi orzusini amalga oshirish uchun Itanbulga keladi. San’at tarixi yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirib, bir vaqtning o‘zida aktyorlik mahoratidan ham dars oladi. “Talabalik yillari Burakning bo‘sh vaqtini topolmasdik. Qo‘lidan kitob tushmasdi, ustoz aktyorlarning rollarini ko‘rib, ular haqida ko‘proq bilishga intilardi”, — deydi do‘sti Sinan Oqsoy o‘z intervyularida.

Rollari

Burak Deniz uzoq kutilgan birinchi rolini 22 yoshida ijro etgan. Yoshlar auditoriyasi uchun mo‘ljalangan “Kollejdagi yillarim" teleseriali — 2011 yil Turkiyaning mashhur telekanallaridan birida namoyish etilgandi. Burakning serialdagi ijrosi o‘sha zahoti ko‘plab rejissyorlarning e’tiboriga tushgan. “Kollejdagi yillarim"da Burak Deniz bilan birgalikda mashhur aktyorlar — Ozge Chelik va Furkan Andichlar rol ijro etishgan.

Aktyorning ikkinchi ijodiy ishi, mashhur aktrisa Nurgul Yashilchoy bilan hamkorlikda bo‘ldi. Ular 2012 yil “Sulton” serialida rol o‘ynashdi. 2013 yil esa aktyor navbatdagi loyihaga qo‘l urdi. “Qochoq” seriali Turkiyaning eng mashhur seriallar reytingida kuchli o‘ntalikdan joy egallagan.

2015 yil Burak ijodidagi yana bir omadli serialda faoliyat yuritdi. U Chagatay Ulusoy va Serenay Sarikaylar bilan birgalikda 65 qismdan iborat “Oqim” serialida Aras rolini ijro etgan. O‘sha yilning o‘zida, u yana bir yirik serialda band bo‘lgandi. “Kichik yoqimtoy aloqchilar” teleserialida Burak, Toprak obrazini gavdalantirgan. Aktyorning Bushra Develi, Bensu Soral, Shyukryu Ozyildiz, Melisa Shenolsun, Dilan Chichek Deniz, Beste Kyokdemir kabi mashhur aktyorlar bilan hamkorligi juda omadli chiqqan.

“Maryam Uzerli bilan ishlash baxt”

O‘z ijodi bilan ancha ko‘zga ko‘rinib qolgan Burak 2016 yil, “Tun qirolichasi” serialida Mert ismli oshiq yigit rolini o‘ynagan.

“Tun qirolichasi” ijdodimda katta burilish yasadi. Men uchun Murat Yildirim va Maryam Uzerli bilan bir serialda rol o‘ynash katta baxt”, deydi aktyor, o‘z intervyularida.

2016 yilning yoz oylarida suratga olingan “Malikam, endi qara” seriali orqali esa sahifamiz qahramoni, nafaqat Turkiyaning mashhur aktyori deb tan olindi, balki xorijlik muxlislarning ham ko‘nglini zabt etdi.

Burak Deniz ayni kunlarda hamkasblari Xazal Kayya, Nesrin Jevadzade bilan birgalikda “Muhabbatimiz qissasi” nomli yangi serialda ishlamoqda. Turkiyaning mashhur telekanallarining birida namoyish etilayotgan serialda aktyorni yana oshiq yigit rolida ko‘rish mumkin.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 14070 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Malikam endi qara, Malikam, endi qara
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное