Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

#ManguXotira Temur Xoliqov: Dadam to‘y uchun hech qachon o‘ziga “stavka” qo‘ymagan



Muhriddin Xoliqov (1959-2001) ijrosida yangragan “Yonimda qol”, “Yig‘lama qiz”, “Unutma yor”, “Suymading”,   “Sumbula”, “Qizg‘aldog‘im”, “Qiz bola”, “Parizodim”, “Pariro‘y”, “Alamli dunyo” kabi diltortar qo‘shiqlarni hali-hanuzgacha xalqimiz sevib tinglaydi.
 
Muhriddin Xoliqovning o‘g‘li Temur Xoliqov dadasi haqida quyidagilarni xotirlaydi:
 
“Dadam bilan hamnafas ishlagan ko‘pchilik san’atkorlar bilishadi, har yili o‘zining tug‘ilgan kunida juda ko‘p ijodkor do‘stlarini bir joyga yig‘ib, bayram qilib berardi. Men buni bejizga aytayotganim yo‘q, sababi, tug‘ilgan kuniga faqat tor doiradagi yaqinlari yoki u menga uzoq yo yaqin demay, hammani birday bazmga taklif etardi. Guruhlarga bo‘linib, ajralib yurishni yomon ko‘rardi. Barchaga birdek muomala qilishni yaxshi ko‘rardi. Insonlarni turli tabaqaga bo‘lib, oraliq saqlab yurmasdi. O‘sha paytlarda nafaqat dadam, balki boshqalar ham shunaqa bo‘lishgan.
 
Ko‘cha-ko‘yda yurganida tanish yo muxlislari bo‘ladimi, oqibati juda yaxshi edi. Ayniqsa, Obid aka Asomov bilan juda yaqin edilar. Bir-birlariga juda qattiq, “daxshatli” hazil qilardilar. Chetdan ko‘rgan odam ular rostakamiga tortishyapti, deb o‘ylardi.


 
Meni hayratlantirgan jihatlaridan yana biri – studiyaga kirganda bitta urinishda qo‘shiqni aytib chiqib ketardilar. U paytlarda men yosh bo‘lganman, voqealarni yaxshi eslay olmasligim mumkindir, lekin bitta men emas, ko‘pchilik kattalar, “Bitta urinishda yozib ketasan-a?”, deb dadamdan so‘rashardi. Hali-hanuzgacha bunaqa kuchga ega bo‘lgan qo‘shiqchini ko‘rmadim. Agar bu oilada emas, boshqa oilada ulg‘ayganimda ham shu insonni qo‘shiqlarini sevib tinglardim, deb o‘ylayman.
 
Uyimizda, kamida o‘ntalab shogirdlari bo‘lardi. Dadamning o‘zi ham Sherali Jo‘rayevga shogird bo‘lgan. Xonadonimizga shogird tushish uchun kelganlar orasida qiynalib qolganlarini aytganlari ham bor edi. Agar uning iqtidori bo‘lmasa, tushuntirib, boshqa sohadagi ishga joylab ham qo‘ygan. O‘sh paytlarda shogirdlarining dadamdan yemagan kaltagi, eshitmagan gaplari qolmasdi. Ishga juda talabchan edi. Shogirdlarini o‘zi bilan to‘ylarga, telestudiyalarga olib borib, rag‘batlantirardi ham. Shunda ular ko‘rgan barcha qiyinchiliklar esdan chiqib ketardi. Shogirlari ham dadamga ustoz deb juda qattiq mehr qo‘yishgandi. Bir yil u hofizda, bir yil bu hofizda shogird bo‘lib yurish bizning xonadonga xos emasdi. Ustoz deyildimi, tamom, oxirigacha qat’iy turilgan.
 
To‘ylarga borganida “Eshityapsizlarmi, shogirdim qo‘shiq aytyapti, qaranglar, qanaqa zo‘r aytyapti”, deb mag‘rurlanib o‘tirardi. Dadamning qo‘lidan Obid aka Asomov, Shukrullo aka Isroilov, Ozodbek aka Nazrbekov, Abdulla Qurbonov chiqqan. Anvar aka Sanayev otamning sozandalari safida bo‘lgan, o‘ziga ustoz deb bilgan.
 
Uyimizning yerto‘lasida studiya bo‘lardi, hozir ham bor. O‘sha joyda sozanda va shoirlar bilan bir oylab qo‘shiq ustida ishlashardi. Shoirlar bilan ijodiy hamkorligi yaxshi edi. “Komila qiz” qo‘shig‘ini Muhammad Yusufga mazmuni qanday bo‘lishini aytib yozdirgan va shu qo‘shiq yaralgan.
 
Yaxshi niyatda to‘yga aytib kelgan insonlarni ochiq chexra bilan kutib olardi. Agarda sharoiti sal bundayroq odam kelsa ham, noumid qilmagan, vaqti bo‘lsa, o‘zi, jilla qursa, shogirdlarini jo‘natgan. Meni bunaqa gaplarni farzandi bo‘lgani uchun aytyapti, deb o‘ylamang, dadamning xohlagan yaqinlaridan so‘rashingiz mumkin, u kishi to‘ylar uchun hech qachon o‘zlariga “stavka” qo‘ymagan!”
 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4060 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muhriddin Xoliqov, Temur Xoliqov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное