Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Manzura: “Biz fahsh tarqatuvchi bo‘lmasligimiz kerak”


“Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldoshevada oxirgi bir yil ichida juda kutilmagan o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Avvallari ochiq-sochiq liboslari bilan bir necha bor tanqidlarga sabab bo‘lgan xonandani bugun yengi yo‘q ko‘ylakda, yoki kalta yubkada ham ko‘rmaysiz. Manzura Yo‘ldosheva o‘zidagi bu o‘zgarishlarni quyidagicha izohlamoqda:

“Qur’on – qalblar shifosi” nomli kitobda shunday go‘zal satrlar bor: har bir musulmon uchun halol rizq topish – vojibdir. Bizning topganimiz qachon halol bo‘ladi, qachonki, Prezidentimiz, xalqimiz, jurnalistlarimiz bizdan rozi bo‘lsa... (!) Biz, san’at ahli fahsh tarqatuvchi bo‘lmasligimiz, aksincha, san’at, madaniyat tarqatishimiz kerak”, deydi xonanda.

Xonanda odamlarning san’atkorlarga beradigan bahosi haqida shunday deydi:

“Odamlar san’atkorni o‘zining saviyasiga qarab qabul qiladi. Ko‘p hollarda san’atkormi, demak, yevropani ta’siri sezilishi, jozibali, kiyimlari tor, qaeridir ochiq bo‘lishi kerak degan dunyoqarash bor. Ammo bu bizning o‘zbek madaniyatiga to‘g‘ri kelmaydi. Biz san’atkor bo‘lib sahnaga chiqyapmizmi, o‘zbek san’atkori obrazini yaratishimiz lozim”.

Manzura yaqinda “Tavba qildim” deb qo‘shiq kuylagan edi. Xonandaning gaplariga qaraganda, u haqiqatan ham tavba qilgan ko‘rinadi. Mana endi o‘zbek ilm-ma’rifat, libos borasida xonandalardan o‘rnak olsa arziydi, desak mubolag‘a bo‘lmas.

Ma’lumot uchun, Manzura Yo‘ldosheva 2018 yilda 40 yoshni qarshilaydi. Undagi bugungi dunyoqarash yosh bilan bog‘liq bo‘lsa, ajab emas.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3603 | Рейтинг: 0| Рейтинг: fahsh, Manzura
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное