Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Manzura: "Faxsh diqqatida bo‘la olmayman, aqlim kirdi!"


Kuzgi fotosessiyani taqdim etgan xonanda Manzurani instagram saxifasida kuzatadiganlar allaqachon uning kiyinish uslubi o‘zgarganini sezib izoxlarda buni e’tirof etishmoqda.

Qay tarafga o‘zgargani esa suratlarda namoyon.

Manzuraning o‘zi bu borada nima deydi?

Sayyod: Muxlislaringiz sezgan va e’tirof etgan bir narsa: "Manzura yopiqroq kiyina boshlabdi"

Manzura:- Aql kiripti-da 40 yoshimda. Shundayam aql kirmaganida yomon bo‘lardi. Bilasizmi, bu yoshimda xam shaxvat diqqatida bo‘la olmayman. Yoshga monand ulg‘ayish kerak va senga farzanddek keladigan yoshlar ko‘zida shu yoshdayam shaxvat qo‘zg‘ovchi tarzda ko‘rinib turish yaxshimas. Bundan noqulaylik sezaman va demakki bu meni aybim bo‘lib o‘zimni noto‘g‘ri namoyish etganim degani. Yoshni boricha qabul qilish kerak, qarish kerak deganimasu lekin donoroq bo‘lish kerak.

Bizda tushunchalar noto‘g‘riroq kechadi, go‘yoki modami demak yechinish kerakdek. Natijada faxsh va uyatsiz ko‘rinish yuzaga keladi. Kamiga uyog‘i osilgan, bu yeri osilgan...

Yosh o‘tgan sayin yopiqroq kiyinish bu salobatli, savlatliroq va qaytaniga yoshartiradi. Liboslarni qomatga mos to‘g‘ri tanlansa bo‘lgani.

Taniqli akter Valentin Gaft bu borada g‘arb shou-biznesi juda buzuq va uyatsiz deb juda o‘rinli fikr bildirgani videosini ko‘rgandim. Afsuski shou-biznes butun dunyoda shu qadar buzulganki modani o‘zi uni boshqarmoqda. Foxishami yo qo‘shiqchimi o‘zi, farqi qolmay shou-biznes faxsh-biznesga aylangandek. Buni bari xorijdan esmoqda, ularda na ma’naviyat bor va na qadriyat, xammasi tanasini sotish bo‘lib yotibdi.

Uni ta’siri afsuski bizgayam bor , bizda esa ma’naviyat va madaniyat bor xamda u birlamchi!

uratlar mualliflari yosh iqtidorlar Diyor va Doniyor Qayumovlar.

Stilistlar Fevzi Yagyaev va Beka Abdu.

Liboslar va tayyor (Devushka s ryugzachkom) look obraz Manzura o‘z didiga monand o‘zi tanlagan, Casual stil.



Manba:sayyod.com
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6695 | Рейтинг: 1| Рейтинг: foxisha, Manzura
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное