Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Manzura kalta "shorti"sini deb baloga qoldi

Xonandaning muxlislaridan biri Lola Yo‘ldoshevaning boshiga tushgan kunlar Manzurada ham takrorlanishidan, uning ham lisenziyasi olib qo‘yilishidan hadikda.
Yaxshi dam – mehnatga hamdam, deganlaridek “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura ayni damda Tailandda hordiq chiqaryapti. Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga sayohatda tushgan suratlarini joylab borayotgan xonandaning suratlarini internet foydalanuvchilari tinimsiz tanqid qilish bilan ovvora. O‘zbek qizlariga kalta “shorti” kiyish to‘g‘rimi, san’atkorsiz, nimani targ‘ib qilyapsiz qabilidagi izohlarga xonanda kulimsiragancha kinoyali javoblar qaytaryapti.

Suratlarni deb muxlislar o‘rtasida qarama-qarshiliklar kelib chiqdi. Kimdir Manzuraning xatti-harakatlarini yoqlab, u boshqa xonandalarga o‘xshab o‘zini har ko‘yga solmayotgani, yarim yalang‘och suratga tushib, internet orqali behayo videolari tarqalmayotganini aytsa, yana boshqa birov har kimning xohshi o‘zi ixtiyorida ekanini uqtirishga urunmoqda. Xonandaning muxlislaridan biri Lola Yo‘ldoshevaning boshiga tushgan kunlar Manzurada ham takrorlanishidan, uning ham lisenziyasi olib qo‘yilishidan hadikda. Manzura esa bu gap-so‘zlarga parvo ham qilayotgani yo‘q.

Saytimiz orqali xonanda shu yilning mart oylarida konsert berishi haqida xabar bergan edik. Ma’lumotlarga qaraganda, Manzura mart oyida konsert qilish fikridan qaytgan. Fevralning boshlaridan uning “Yo teskari zamon bo‘ldimi” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipi TV orqali namoyish etiladi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6835 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Manzura
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное