Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov to`satdan vafot etdi


O`zbekiston bank-moliya tizimi og`ir judolikka uchradi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

O`zbekiston bank tizimi asoschilaridan biri, atoqli iqtisodchi, tajribali rahbar, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Fayzulla Maqsudjonovich Mullajonov shu yil 23 may kuni 67 yoshida to`satdan vafot etdi.

F.Mullajonov 1950 yili Sirdaryo viloyatida tug`ildi. 1971 yili Toshkent xalq xo`jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni iqtisodchi mutaxassisligi bo`yicha tamomladi. Mehnat faoliyatini davlat banki Sirdaryo viloyati bo`limida kredit nazoratchisi vazifasidan boshladi. Keyinchalik ushbu viloyatda bank sohasida turli mas`ul lavozimlarda xizmat qildi.

Katta mehnat va hayot tajribasiga ega bo`lgan F.Mullajonov 1991 yilda, mamlakatimiz endigina davlat mustaqilligini qo`lga kiritib, yangi davrga qadam qo`ygan murakkab bir sharoitda O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi etib tayinlandi.

Ana shu o`ta mas`uliyatli lavozimda qariyb 26 yil samarali faoliyat ko`rsatib, F.Mullajonov eski ma`muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish jarayonida bank-moliya tizimini shakllantirish va rivojlantirish, milliy valyutamizni joriy etish, oltin-valyuta zaxirasini mustahkamlash, bank sohasi uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida o`zining yuksak tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyatini namoyon etdi.

F.Mullajonovning O`zbekiston bank tizimini xalqaro talab va mezonlar asosida taraqqiy toptirish, uning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, jahon miqyosidagi obro`-e`tiborini oshirish borasidagi katta xizmatlari xalqimizga yaxshi ma`lum.

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlarida xizmat qilib kelayotgan ko`plab rahbar xodimlar, bank-moliya mutaxassislari haqli ravishda o`zlarini F.Mullajonovning shogirdlari, deb hisoblaydilar.

F.Mullajonovning ko`p yillik samarali xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. U “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan edi.

O`zbekiston bank-moliya sohasining yirik namoyandasi, mehribon ustoz, kamtarin inson Fayzulla Mullajonovning xotirasi qalbimizda hamisha saqlanib qoladi.

Sh.Mirziyoev, N.Yo`ldoshev, N.Ismoilov,


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4727 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Fayzulla Mullajonov, Markaziy bank raisi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное