Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Mashhur rok xonandasi Dolores O’Riordan vafot etdi


Irlandiyaning “The Cranberries” rok-guruhining xonandasi Dolores O’Riordan 46 yoshida vafot etdi. U Londonda ovoz yozish sessiyasida bo‘lgan. Xonandaga tegishli odamlar hozircha boshqa ma’lumot berishmagan. Huquq-tartibot xodimlari ham bu haqida rasmiy bayonotlardan uzoq turibdilar. Ma’lum qilinishicha, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

O’Riordan “The Cranberries” guruhiga 1990 yilda 18 yoshida qo‘shilgan va guruhning yuziga aylangan. 2003 yilda u o‘zining yakkaxon ijrochiligini boshlagan va ikkita albom yozgan. O’Riordan “Klik: hayot bo‘ylab pult bilan” filmida epizodik rol ham ijro etgan, albomlaridan biri 40 million nusxada sotilgan.

Xonanda “Duran Duran” guruhining sobiq menejeri bilan oila qurib, besh farzandni tarbiyalaganlar.

Ma’lumot uchun, “The Cranberries” – eng mashhur irland guruhlaridan biri, ayniqsa, 1990-2000 yillarda mashhurlikning yuqori cho‘qqisiga erishgan. 2003 yilda guruh vaqtinchalik tanaffus e’lon qildi, lekin 2009 yilda qayta yig‘ildi. Musiqiy tanqidchi Denis Boyarinovning so‘zlariga ko‘ra, aynan O’Riordanning ovozi guruhning shuhratga erishishiga sabab bo‘lgan.

Qobiljon Raximjonov



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2671 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Rock, Dolores O’Rior
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное