Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Meksika Bond haqidagi yangi filmda o‘z imijini yaxshilab olish uchun haq to‘laydi

 Sony va MGM studiyalari va ingliz josusi Jeym Bond sarguzashtlari haqidagi yangi “007: SPEKTR” filmining prodyuserlari Meksika hukumatidan 20 mln dollarlik subsidiya olish uchun film syujetiga sezilarli darajada o‘zgartirishlar kiritishga rozi bo‘lishdi.
2014 yilning noyabrida shimoliy koreyalik xakerlar tomonidan Sony kompaniyasining kompyuter tizimi buzilib, undan olingan kompaniya xodimlarining yozishmalariga iqtibos keltirgan holda tegishli ma’lumotni Tax Analysts portali chop etgandi.
Chop etilgan yozishmaga ko‘ra, agent 007 ning sarguzashtlari haqidagi 24-filmning prodyuserlari filmni suratga olish uchun dastlabki rejalashtirilgan sarf-xarajatlardan anchagina katta miqdorda pul talab etilishi muammosiga to‘qnash kelishgan hamda uni qisqartirish va suratga olish ishlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mamlakatlar soliq imtiyozlari va subsidiyalari hisobiga kompensatsiya olish uchun barcha yo‘llarni izlashga majbur bo‘lishgan.
MGM studiyasining kinodepartamenti prezidenti Jonatan Glikman filmning prodyuserlari jamoasiga film byudjetini qisqartirish zarurligi haqidagi maktubni yuborgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “007: SPEKTR” filmini suratga olish va marketingi uchun barcha sarf-xarajatlar 300 mln dollardan ko‘proq mablag‘ni tashkil etayotgani ma’lum bo‘lgan va bu xarajatlar 250 mln dollarga tushirilishi kerak bo‘lgan.
Glikman xarajatlarni kamaytirish choralaridan biri sifatida Meksika hukumati bilan tuzilgan kelishuvni eslatib o‘tdi. Bu kelishuvga ko‘ra, Meksika hukumati bir nechta shartlarning bajarilishi evaziga filmga 14 mln dollar miqdorda subsidiya berishi kerak bo‘lgan.
So‘ngra Glikman o‘zining maktubida Meksika subsidiyasini olish uchun film ssenariysiga kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgartirishlarni sanab o‘tgan:
1) filmda Mexiko shahri markazining tasvirlari mavjud bo‘lishi kerak;
2) filmdagi Estrella ismli qizning roliga meksikalik aktrisa tanlanishi, filmda bu qizning mehmonxonadagi xonasidan bosh qahramon Skyarra ismli yollanma qotilni qidirishni boshlaydi (10 mart kuni ushbu rolni ijro etishga meksikalik aktrisa Stefani Sigman nomzodi tasdiqlandi);
3) Skyarra roliga meksikalik aktrisalarni olmaslik (bu rol italiyalik aktrisa Monika Belluchchiga berildi);
4) Skyarraning nishoni sifatida olinishi kerak bo‘lgan Meksika shtatlaridan birining gubernatorini xorijiy elchi bilan almashtirish;
5) filmda Meksika polisiyasini maxsus vazifani bajaruvchi qo‘shinlar bilan almashtirish;
6) Bond va Skyarraning hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan joy, ya’ni restling bo‘yicha uchrashuvni Meksika marhumlar kunini nishonlash bilan almashtirish.
Glikmanning aytishicha, film kadrlarida Meksika zamonaviy arxitekturasi namunalarining qo‘shimcha aks ettrilishi yana 6 mln dollarni jalb qilishga imkon beradi. Shuningdek, maktubda filmda Meksika bilan bog‘liq sahnalarning umumiy davomiyligi taxminan 4 daqiqani tashkil etishi ham eslatib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, “007: SPEKTR” filmi agent 007 rolida Deniel Kreyg o‘ynagan 4-film va Sem Mendes rejissyorlik qilayotgan 2-film bo‘ladi. Film 2015 yilning 6 noyabrida ekranlarga chiqariladi. Bondiananing oldingi “007: “Skayfoll” koordinatalari” filmi 150-200 mln dollarlik byudjet bilan 2012 yilda 1,1 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ keltirgan.
Manba:kun.uz


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 2210 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jeym Bond, Jeymas Bond
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
muxammad1997 Juda zor bosa kere koramiz!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное