Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Titanik-soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Millioner bo`lishning 9 qoidasi




 
Forbes jurnali o`tkazgan tadqiqotlar natijasida o`z kuchi bilan millionlarga erishgan odamlarning o`ziga xos xususiyatlari mavjudligini aniqladi, deb xabar berdi “Onedio.ru” nashri. 

Bu xususiyatlarni inson o`zida shakllantirishi mumkin ekan. Bunga birpasda erishish qiyin, ammo quyidagi millioner amal qiladigan 9 qoidaga siz ham rioya qilsangiz, ko`zlagan maqsadingizga etishingizga ishonamiz.



1.  Har bir imkoniyatdan komillikka erishish maqsadida foydalaning

Qechqurun divanda yotib serial tomosha qilish o`rniga, har bir daqiqangizdan unumli foydalaning. Ertalab yangiliklarni o`qing, zamonaviy trendlardan boxabar bo`ling, kunduzi esa shaxsiy biznesingizni rivojlantirish uchun tinimsiz mehnat qiling. Kechki payt faoliyatingizga tegishli adabiyotlarni o`qing, yutuq va kamchiliklaringizni tahlil qiling. Asosiysi bir joyda to`xtab qolmang.



2. Har qanday imkoniyatdan unumli foydalaning

Biz har kuni o`zgarib turadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida yashayapmiz. Agar vaqtni xayol surish bilan o`tkazadigan bo`lsangiz, imkoniyatni qo`ldan boy berasiz.



3. Reja asosida ish ko`ring

Albatta hayotda hamma narsani rejalashtirib bo`lmaydi, ammo biror bir maqsadni ko`zlab, qiyinchiliklardan qo`rqmay, olg`a harakat qiling. Bundan tashqari, maqsadingizga etishingiz uchun nimalar zarur bo`lishini ham aniqlab oling.



4. Ishlab topgan pulingizga loyiq ekanligingizga ishonch hosil qiling

Aksariyat odamlar o`zini omadli odamlar deb emas, balki ko`p pul topishga noloyiq insonlar deb hisoblaydi. Bu stereotipdan voz kechib, o`zingizni millionlar egasi bo`lishingizga ishontiring. Buning uyat joyi yo`q, chunki siz jinoiy yo`l bilan emas, halol peshona teri bilan pul topishga harakat qilyapsiz.



5. Tavakkal qilishdan cho`chimang

Agar biror bir korxona uchun pul tikishga qo`rqsangiz, hech qachon biringiz ikki bo`lmaydi. Pulingizni yo`qotishdan qo`rqsangiz, daromad haqida gap ham bo`lishi mumkin emas. Pullar saqlash uchun emas, ishlatish uchun yaratilgan.



6. O`zingizga yoqqan ishdan pul topishga harakat qiling

Bu oson bo`lmasa-da, ammo uni amalga oshirishning imkoni bor. Agar o`z kasbingizni, ishingizni sevadigan bo`lsangiz, birov uchun emas, o`zingiz uchun ishlaysiz. O`z biznesingizni yaratish usulini toping. Mabodo biror nima pishirishni yoqtirsangiz, novvoyxona, agar savdo-sodiqni xush ko`rsangiz do`kon oching. Orzuga ayb yo`q, faqat uni hayotga tatbiq etsangiz kifoya.



7. Hammaslak toping

Buning uchun ishingizga bor kuchini bag`ishlay oladigan, sizni tushunadigan, qo`llab-quvvatlaydigan o`z guruhingizni tuzing. Sizni nafaqat moddiyat, balki ishonch va o`zaro hurmat ham birlashtirishi lozim. Bunday odamlar rahbarlik qobiliyatingizni tan olib, olg`a intilishingizda yordam beradi.



8. Noldan boshlashdan qo`rqmang

Mustaqil ravishda oyoqqa turib, boylik orttirgan odamlar bir marta emas, bir necha marotaba kasodga uchrab, bor-budidan ajragan bo`ladi. Ular xato qilishdan qo`rqmaydilar, balki xatodan saboq o`rnida foydalanishadi.



9. Millioner bo`lishingizga ishoning

Agar zavodda oddiy ishchi bo`lib ishlagan odam, ishini yo`qotsa, yana xuddi shunday maoshli ish topishga harakat qiladi. Mabodo, tadbirkor inqirozga uchrasa, u qayta oyoqqa turib, daromadini tiklaydi. Har birimiz o`zimizni qancha pul topishga loyiq deb hisoblasak, shuncha pul topamiz. “Kambag`alchasiga fikrlash”dan voz keching, millioner bo`lish qo`limdan keladi, deb o`zingizni ishontiring.


Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 6550 | Рейтинг: 0| Рейтинг: millioner
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное