Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Zerda - Soundtreck
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Ishq Jodusi - All I want
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Milliy bank o‘g‘irlikda ayblanmoqda


Milliy bank yangi banknotalarni bezashda shvesariyalik fotosuratchining suratidan noqonuniy foydalanganlikda ayblanmoqda.

Shvesariyalik fotosuratchi Marsel Burkard Qozog‘iston Milliy bankini mualliflik huquqini buzganlikda ayblab, sudga berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Chunki, shvesariyalik fotosuratchi Qozog‘istonning 500 tengelik banknotasining bezalishida o‘zining suratidan uning ruxsatisiz foydalanganini aniqlagan.

Bu haqda u Facebook ijtimoiy tarmog‘ida quyidagilarni yozgan: “Qanday sharaf! Men kecha Qozog‘iston Milliy banki yangi banknotani muomalaga kiritgani to‘g‘risida xabar oldim. Unda chag‘alaylarning surati berilgan. Bularning barchasi davlat darajasidagi mojaroni keltirib chiqardi. Ko‘rib turganingizdek, bu tengelarda Wikipedia dan olingan chag‘alaylarning surati tasvirlangan. Wikipedia dagi asl suratning mualliflik huquqi menga tegishli ekanligi qonuniy himoyalangan.

Milliy bank uchun banknotaning eskizini tayyorlagan dizayner, ushbu suratni o‘g‘irlagan. U o‘z vazifasiga ijodiy yondashmagani uchun, yuz foizlik o‘g‘irlik yuz bergan. Milliy bank esa bu o‘g‘irlikni rad qilmoqda. Demak, men o‘z huquqlarimni himoya qilishim kerak”.

Marsel Burkard o‘zining mualliflik suratini ham tarmoqqa joylashtirgan. Shuningdek, internet tarmog‘ida Qozog‘istonnig 500 tenge banknotasida tasvirlangan boshqa chag‘alaylarning suratini topganligini yozgan. Qozog‘iston Milliy banki 500 tengelik yangi banknotani joriy yilning 22 noyabrida namoyish etgan va Milliy bank raisi Daniyar Akishev uning dizayni ustida ikki yil ishlanganini ta’kidlagan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda unda tasvirlangan chag‘alaylarning Vikipediyadagi suratga o‘xshashligini ta’kidlashganida, Milliy bank bu borada o‘g‘irlik yuz berganini rad etgan. Milliy bankning ma’lumotiga ko‘ra, banknotning dizayni Milliy bank va Banknot fabrikasi dizaynerlari tomonidan ishlab chiqilgan. O‘xshashlikni esa, “hamma chag‘alaylar bir-biriga o‘xshaydi”, deb izohlashgan.

Obil Safarov



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5290 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘g‘irlikda ayblanmoqda, Milliy bank
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное