Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Minonlar” multfilmi eng kassabop multfilmlar reytingida 2-o'ringa ko'tarilib oldi

2015 yilning iyunidan ekranlarga chiqarilgan “Minonlar” multfilmi jahon prokatida 1,08 mlrd dollarga topishga muvaffaq bo'ldi, deb xabar bermoqda NME nashri. Bu ko'rsatkich evaziga multfilm eng kassabop multfilmlar reytingida 2010 yilda chiqqan hamda 1,06 mlrd dollar topgan “O'yinchoqlar voqeasi 3: katta qochish” (“Istoriya igrushek 3: Bolshoy pobeg”) multfilmini ortda qoldirib, 2-o'ringa chiqib oldi. Reytingning 1-qatorini 2013 yilda chiqqan va 1,27 mlrd dollar topgan “Muzyurak” multfilmi egallab turibdi. 

Barcha kassabop filmlar reytingida multfilm 15-o'rinni egallamoqda. Multfilm bunday katta muvaffaqiyatga ega bo'lishiga uning 13 sentyabrda Xitoy prokatida boshlanishi sabab bo'ldi. Bu erda multfilm ikki kun davomida 20 mln dollardan ko'proq mablag' yig'di.

“Minonlar” suratga olgan Universal kinostudiyasi uchun multfilm “Forsaj 7” (1,512 mlrd dollar) va “Yura davri dunyosi” (1,628 mlrd dollar) kinofilmlaridan keyin joriy yildagi uchinchi yirik kassaviy muvaffaqiyat bo'ldi.

“Minonlar” multfilmi mitti sariq odamchalar sarguzashtlari haqida bo'lib, unda bosh qahramonlar o'zlariga yangi xo'jayin topishga harakat qiladilar.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6519 | Рейтинг: 0| Рейтинг: “Minonlar” multfilmi eng kassabop m
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное