Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Mirjalol Qosimov: "Ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz

O'zbekiston hamda Iordaniya uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida ishtirok etgan O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, ertangi o'yinda jamoa 0:0 hisobi uchun o'ynamasligini ta'kidladi.


«Bizni 0:0 hisobi qoniqtiradi. Ammo, ertaga shogirdlarim faqat g'alaba uchun maydonga tushadi. Futbolchilar ertangi o'yinga tayyor. Ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz va albatta, muxlislarimizni hursand qilamiz», - deydi Mirjalol Qosimov.

«Biz o'yinning dastlabki daqiqalaridan o'yin nazoratini qo'lga olishimiz va raqib darvozasini nishonga olish uchun harakat qilishimiz kerak», - deya qo'shimcha qildi Qosimov. «Iordaniyadagi uchrashuvda yaxshi harakat qildik. Futbolchilarda ham, darvozabonimizda ham muammo ko'rmayapman. O'yin davomida standartlardan unumli foydalanishni mashq qilayapmiz. Dastlabki o'yinda ulardan unumli foydalana olmadik. Eratangi o'yinlarda standartlarni gol aylantirishga harakat qilamiz».

«Murod Zuhurovning o'yinidan ko'nglim to'ldi. Agar hech narsa o'zgarmasa, ertaga ham aynan Zuhurov darvozani qo'riqlaydi. Qolaversa, dastlabki o'yinda hujumchilarga yetarlicha to'p oshirishlar bo'lmagani sababli, ularda imkoniyatlar deyarli bo'lmadi. Buning uchun to'p bilan ko'proq muomala qilish kerak. Ertaga, dastlabki daqiqalardan to'pni nazoratimizga olishga harakat qilamiz. Shunda, hujum chizig'ida harakat qilayotgan o'yinchilarda imkoniyat bo'ladi. Umuman, o'yin davomida hujumchilar ham himoyaga yordamga kelib turishsa, yomon bo'lmasdi», - deydi Qosimov.

Qosimov bilan birgalikda matbuot anjumaniga tashrif buyurgan milliy terma jamoa yarim himoyachisi Odil Ahmedov ertaga jamoa faqat g'alaba uchun maydonga tushishini alohida qayd etdi, deb xabar beradi O'FF Matbuot xizmati.

«Biz ertaga durang uchun emas, muxlislarni hursand qilish uchun faqat g'alabani o'ylab maydonga tushamiz. Ertaga bizni har qanday hisobdagi g'alaba qoniqtiradi. Maqsadimiz, ertaga faqat g'alaba qozonish», - deydi O.Ahmedov.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2692 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное