Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Efir Sirlari - Piano Version
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Mirziyoev “Tashkent Sity”ga bordi. Shaharcha qachon bitkazilishi ma’lum


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev poytaxt Toshkentning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘ida bunyod etilayotgan “Tashkent Sity” xalqaro ishbilarmonlik markazining takomillashtirilgan loyihasi bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoev joriy yilning 28 oktabr kuni “Tashkent Sity” xalqaro ishbilarmonlik markazi barpo etilayotgan hududda bo‘lib, buyurtmachi va quruvchilar oldida turgan vazifalar, tashkiliy va moliyaviy masalalarni joyida muhokama qilgan, loyihalarni yanada takomillashtirish, qurilishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Davlat rahbari topshiriqlar ijrosi yuzasidan takomillashtirilgan loyihalarni yana bir bor ko‘zdan kechirdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 iyuldagi “Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirish va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi va poytaxt mehmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzurida “Tashkent Sity” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi ob’ektlarni qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha direksiya tuzilgan.

Prezident xalqaro ishbilarmonlik markazining ma’muriy binosida bo‘ldi. Bu yerda yaratilayotgan loyihalar, ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

“Tashkent Sity” xalqaro ishbilarmonlik markazining takomillashgan konsepsiyasiga ko‘ra, bino va inshootlar turli qurilish tashkilotlari tomonidan barpo etilmoqda. Loyihalarni o‘zbekistonlik ishbilarmonlar Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning investorlari bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda.

Shavkat Mirziyoev qurilishga jalb qilingan investorlar bilan suhbatlashdi. Ularning fikrlari va tashabbuslari bilan qiziqdi.

Bugun xalq tilida “shahar ichidagi shahar”, deya e’tirof etilayotgan markaz qurilishi ikki bosqichda yaqin to‘rt yilda yakuniga yetkaziladi.

Prezidentimiz “Tashkent Sity” xalqaro ishbilarmonlik markazida qurilayotgan bino va inshootlarning bir-biriga uyg‘un bo‘lishi, dizayn jihatidan biri ikkinchisini to‘ldirishi kerakligini ta’kidladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6841 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mirziyoev, Tashkent Sity
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное