Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Mirziyoevdan topshiriq: universitet o‘qituvchilariga 20 ta uy beriladi


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 23 dekabr kuni Toshkent shahridagi bir qator ijtimoiy ob’ektlarga tashrif buyurdi.

Prezident yo‘l olgan navbatdagi manzil – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bo‘ldi.

Universitet O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2016 yil 13 maydagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, unda uch fakultet, o‘n ikkita kafedra mavjud.

O‘tgan vaqt mobaynida ushbu oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan o‘quv binolari kapital ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy sharoitlar yaratildi. Bugun universitetda 1 ming 100 talaba tahsil olmoqda, ularga fan doktorlari va PhD darajasiga ega yuqori malakali mutaxassislardan iborat o‘qituvchilar jamoasi dars bermoqda.

Shavkat Mirziyoevning tashrifi doirasida mazkur universitet binolari foydalanishga topshirildi.

Universitetda ta’lim jarayoni to‘liq elektronlashtirilgan. Videokonferensiya zali, sinxron tarjima va ovoz yozish xonalari, axborot-resurs markazi zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan. Wi-Fi tarmog‘iga ulangan muloqot maskanlari, Alisher Navoiy dostonlaridagidek ko‘shklar tashkil etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev universitetda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. O‘qituvchi va talabalar bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoev Navoiy asarlarining multimediaviy lug‘atini yaratib, xalqimizga yetkazish, ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish, o‘zbek adabiyoti namunalarini chet tillarga tarjima qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Ona tilimizning boyligini, unga hurmatingiz va muhabbatingizni tilimizni dunyoga tarannum etish bilan ko‘rsatishingiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoev universitet mutaxassislari bilan suhbatda.

Prezident ularning ijtimoiy sharoitlari bilan ham qiziqdi. Universitet o‘qituvchilari uchun Toshkent shahridan 20 ta uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2765 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mirziyoevdan topshiriq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное