Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Mirzo teatrining konsert dasturidan batafsil

Kuni kecha Mirzo teatrining navbatdagi konsert dasturiga start berildi. “Har safar har xil” nomli mazkur dastur barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi desak yanglishmaymiz.

Konsert  Shukurullo Isroilov va Valijon Shamsievning chiqishi bilan boshlandi. Ularning tush haqidagi tomoshalari dastur boshidanoq barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi. Shundan so‘ng O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Holmedovni sahnaga taklif qilishdi. Biroq avvaliga uning katta o‘g‘li Oybek Holmedov, keyingi urinishda esa kichik o‘g‘li Ulug‘bek Holmedov sahnaga  tashrif buyurdi. Ularning o‘tkir hazillari tomoshabinlarga kulgu ulashdi.

Shundan so‘ng Mirzabek Holmedov tomoshabinlarga ko‘rinish berdi.  Uning muxlislar bilan salomlashuvini o‘zidayoq zalda kulgu avj oldi. Tug‘ruqxona voqeasi, bolalar haqidagi hazillar, tilla baliq voqeasi, xonandalarning yoqilg‘i quyish  shahobchasidagi navbat kutishi, o‘rmondagi to‘y,  Ozodbek Nazarbekovni to‘yga chaqirgan otaxon voqealari barchaga manzur keldi. Miriqib kulishdi. Orada marhum xonanda Muhriddin Holiqovni xotirladi.

Shundan so‘ng, gul voqeasini aytib berdi. Bu voqea shu qadar ta’sirli ediki, muxlislar ko‘ziga yosh to‘ldi. Sahnaga biroz sokinlik cho‘kdi va  Oybek Holmedov o‘zining sokin taronasini ijro etdi. Biroz o‘yga tolgan tomoshabinlar kayfiyatini uning sho‘x qo‘shig‘i ko‘tarib yubordi.

Shukurillo Isroilov va Valijon Shamsiev yana sahnada paydo bo‘lishdi. Ular Mirzabek Holmedov to‘g‘risida muxlislar bilan fikr almashishdi. Bu tomosha kutilmagan kayfiyat ulashdi. Barcha tashrif buyurganlar yuzida tabassum yugurdi. To‘satdan Mirzabek Holmedov sahnaga kirib keldi. Bu orada bo‘lib o‘tgan gap-so‘zlar ustida birgalikda tortishuvlar olib borishdi. So‘ng kichik sahna ko‘rinishiga navbat berildi.

Unda restoranda ro‘y bergan voqeani bir nechta qiziqchilar maromiga yetkazib ijro qilib berishdi. Tomosha oxiridagi Munisa Rizayevaning “ Man bop” qo‘shig‘i Ma’murjon Holmedov hamda Xalimaxonim ijrosida dasturga kutilmagan burilish yasadi. Barcha miriqib kuldi va raqsga tushdi. Bir so‘z bilan aytganda dastur o‘ta qiziqarli va kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘ldi. Siz ham konsertga tashrif buyurib, tomosha qilib  barchasiga guvohi bo‘lishingiz mumkin. Hali oldinda 4 kun bor. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. 


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5142 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Mirzo teatri
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное