Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Pazanda - Im Loving You
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ishq Jodusi - All I want
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Qo'rqmas - soundtreck
Главная » Файлы » SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA

“Mister Bin”: Rouen Atkinson haqida biz bilmagan faktlar


1990-yillarda mashhur bo‘lgan va kulgili qiliqlari bilan ko‘plab olqishlarga sazovor bo‘lgan “Mister Bin” (Janob Bin) haqidagi filmni ko‘rmagan tomoshabin bo‘lmasa kerak! Bin rolini o‘ynagan aktyor Rouen Atkinson o‘z hayoti davomida 50 dan ortiq qahramonlarni ijro etgan. Ammo ularning hech biri, nazarimda, Atkinsonni “Mister Bin”chalik mushhur qilmagan. Siz Bin janoblari haqida nimalarni bilasiz?

1. Mashhur “Qirol Sher” hamda “Timon va Pumba” multfilmidagi qush – Zazu yodingizdami? Ushbu qushga Mister Bin ovoz bergan.

2. Atkinson o‘z qahramoniga “Mister Bin” nomini tanlashdan avval “Oq janob”, “Janob gulkaram” nomlarini tanlab olgan ekan.

3. Rouen Atkinsonning duduqlanish odati bor. Shu nuqsoni sabab aktyor kamdan-kam intervyu beradi va “Mister Bin” filmi ham ovozsiz tasvirga olingani Rouenni juda quvontirgan. Aktyorning aytishicha, u “b” harfidan boshlanuvchi so‘zlarning talaffuziga qiynalgan. Bunday so‘zlarni aytish uchun Rouen bir necha marta tanaffus qilib olishga majbur bo‘lgan.

4. Atkinson avtoulovlarni juda yaxshi ko‘radi va do‘stlarining aytishicha, u sport mashinalarining muxlisi. Aktyor, hatto, bir nechta qimmat va eksklyuziv mashinalar sohibi hamdir. Bin janoblari avtomobillar haqida, hatto, maqolalar ham yozadi.

5. “Mister Bin” filmi 200 dan ortiq davlatlarda namoyish qilinganiga ishonasizmi? Bu ayni haqiqat!
6. Rouen Atkinsonning nafaqat o‘zi, balki qizi ham qoyilmaqom aktrisa. Aktyor o‘z qizi Lili bilan “Mister Bin ta’tilda” filmida birgalikda rol ijro etgan.

7. Rouen samolyot boshqarishni ham biladi. Bir kuni Keniyaga parvoz paytida aktyor uchayotgan samolyot uchuvchisidan biri hushini yo‘qotib qo‘ygan. Shunda yo‘lovchilardan biri – Rouen Atkinson samolyot boshqaruvini qo‘lga olgan va buni qoyilmaqom uddalagan.
8. “Mister Bin” filmi 1990-yilning oxirlaridagi eng muvaffaqiyatli komediya deb e’lon qilingan.

9. Atkinsonning o‘zidan 29 yosh kichik bo‘lgan turmush o‘rtog‘i juda kamdan-kam holatlarda intervyu beradi. Komik aktyorning o‘zi esa shaxsiy hayotini doim sir tutib kelgan.

Rouen 1990-yilda grimchi ayol bilan turmush quradi va u bilan 25 yil birga yashaydi. Ammo 2015-yilning oxirlariga kelib aktyor o‘zidan 29 yosh kichik bo‘lgan aktrisa bilan ikkinchi bor turmush qurdi va 62 yoshida uchinchi bor otalik baxtiga muyassar bo‘ladi.

Internet ma’lumotlari asosida Nargiza Utepova tayyorladi.



Категория: SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA
Просмотров: 5077 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mister bin, Rouen Atkinson, haqida, biz bilmagan faktlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное