Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Miya hajmi — yaxshi xotira, uzoq umr ko‘rish garovimi?


Ma’lumki, aksariyat hollarda hayvonlarning jussasi katta­kichikligiga qarab o‘rta umr ko‘rish yoshi ham o‘zgarib boradi.

Biologlar har bir tur hayvonning yoshini odamzod o‘ylab topgan yil sanalari (tabiat fasllarining almanishuvi bilan emas) bo‘yicha emas, ularning embrional davriga qiyoslab hisoblashni ma’qul ko‘rishadi.

Masalan: bug‘ozlik davri 24 kun bo‘lgan quyon bolalari tug‘ilgandan so‘ng har 24 kunda bir yoshga to‘ladi.

21 kunda tuxumdan ochilgan jo‘jalar har 21 kunda bir yoshga to‘ladi, 6 oyda dunyoga keladigan sut emizuvchi hayvonning (qo‘y, echki) umrini 6 oyga bo‘lib, necha yoshga kirganini aniqlash mumkin va bu nisbiy hisob.

Agar bu nisbatni o‘zimizning umrimizga qiyoslasak, har 7 yoki 9 oyda (homiladik davrimiz) 1 yoshga to‘lgan bo‘lamiz.

Amerikalik olimlarning fikricha, o‘rtacha umr ko‘rish yoshi (turlararo) bosh miya hajmining kattaligiga bog‘liq ekan.

Rivojlangan miya katta yarimsharlari va turli vazifalarni bajaruvchi boshqa miyalarning yirikligi — organizmga ko‘p yashashga imkon berar ekan...

Bir tomondan bu ilmiy taxmin to‘g‘riday... Negaki, jussasi bir necha tonna keladigan yirik hayvonlarning bosh miya hajmi nisbatan kichikroq bo‘ladi.

Masalan, 400–600 kg tosh bosadigan akulaning bosh miyasi bir hovuch... Kitniki ham (nisbatan) shu atrofida.

Faqat ayrim tuyoqli qishloq xo‘jaligi hayvonlari, bundan tashqari ba’zi bir turga mansub maymun turlarining (primatlarning) bosh miya hajmi nisbatan kattaroq.

Ikkinchi tomondan, bu ilmiy xulosa noto‘g‘riday. Negaki, ayrim odamlarning miyasi qovoqday bo‘ladi-yu...

Keling, yaxshisi bu xulosalardan tiyilib, boshqa qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishsak.

Faqat bir narsaga kelishib olaylik, odam va uning jismoniy hamda ruhiy olami bilan bog‘liq yangiliklarni, qiziqarli ma’lumotlarni o‘rganayotganimizda unga nisbatan “odam” deb emas, “inson” deb murojaat qilaylik.

Masalan, “odam organizmi” deganimizda uning tana a’zolari haqidagi ma’lumotlar “chegarasidan” chiqa olmay qolishimiz mumkin...

Qachonki unga “inson organizmi” deb murojaat qilsak, uning ruhiyati, biz bilib-bilmagan xususiyatlari haqida so‘z yuritishga haqlimiz.

Inson xotirasi bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar
Tez mutolaaga nisbatan sekin mutolaa qilish —kishi ko‘zini ko‘proq toliqtirar ekan. 95% o‘quvchilar juda sekin: minutiga 180–200 ta so‘z o‘qishadi, bu esa kitobning bir betini o‘qish uchun 1,5–2 minut vaqt sarflash degani;

Ma’ruza o‘qish tezligida (sekinroq) ovoz chiqarib o‘qib berilgan ma’lumotning 60% i yodda qolar ekanu ayrim ma’lumotlar xotirada uzoq vaqt saqlanishi mumkin ekan. Suxandon o‘qish tezligida (nisbatan tezroq) uzatilgan ma’lumotning 80% i esda qolarkanu, joy nomlari, terminlar deyarli tez unutilarkan. Shuning uchun so‘zlaganda o‘rta tezlikda gapirish, jumlalarning to‘g‘ri tuzilishiga e’tibor berish, talaffuzning ravonligi­yu ayrim so‘zlarga urg‘u berib, kishining yodida qolishi uchun alohida mimik qiyofalar bilan ifoda etish maqsadga muvofiq;

Bonapart Napaleon (1769–1821 yillar, fransuz davlat arbobi, qo‘mondon, imperator) minutiga ikki mingta so‘z o‘qiy olgan (taxminan 12 mingta harf);

Onore de Balzak (1799–1850 yillar, fransuz adibi) yarim soatda 200 bet kitob o‘qiy olgan va mutolaadan olgan ma’lumotlarini qiynalmasdan so‘zma­so‘z takrorlab bera olish qobiliyatiga ega bo‘lgan;

Aleksandr Nikolaevich Rubakin (1862–1946 yillar, rus kitob targ‘ibotchisi, kutubxonalar bo‘yicha mutaxassis, yozuvchi) hayoti davomida 250 mingga yaqin kitob mutolaa qilgan;

Makedoniyalik Aleksandr (Buyuk Aleksandr III, eramizdan avvalgi 356–323 yillar, Makedoniya qiroli, qo‘mondon, yirik imperiya asoschisi) o‘zining 30 ming askarini bir nigoh tashlashidayoq tanigan;

Genrix Shliman (1822–1890 yillar, mashhur nemis arxeologi) o‘zi ishlab chiqqan dastur bo‘yicha juda ko‘p tillarni o‘rgangan va tajribasi shu darajaga yetganki, navbatdagi chet tilini 6–8 haftada o‘zlashtirib olgan;

Mohir yo‘nuvchi­chilangar metall buyum sirtidagi 0,6 mikron yoriqni ham bir qarashda ilg‘ay oladi;

To‘qimachilik sanoatining mohir ustasi qora rangning 100 dan ortiq bangbarangligini (och­to‘qligini) ajrata oladi;

 

Volfgang Amadey Motsart (1756–1791 yillar, avstryalik bastakor, Vena mumtoz maktabining yorqin namoyandasi) Vatikanda ruhoniylar tomonidan ijro etilgan (uzoq davom etgan) Allegro kompozisiyasini bir marta eshitgach, o‘sha kuni tundayoq mazkur kuyning notasini birga­bir tarzda qog‘ozga tushiradi.


Ana shunaqa!

Ulug‘ BEK



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3068 | Рейтинг: 0| Рейтинг: miyya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное