Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA

Moʼmin Rizoning oʼz xarakteriga mos rollaridan biri - “Bokira” seriali
Moʼmin Rizoning oʼz xarakteriga mos rollaridan biri bu, “Bokira” serialidagi Аziz rolidir.
“Bokira” seriali 2019 yilda Telekanallardan birida namoyish etilgan boʼlib, aktyor bu rolga kastingdan oʼtib tasdiqlangan. Serial rejissyori Bexzod Joniev, prodyuser Kamoliddin Rahimov. Serialda taniqli aktyorlardan Xayrulla Sagdiev, Muyassar Berdiqulova, Hoshim Аrslonov, Аlisher Uzoqov, Moʼmin Rizo va boshqalar suratga tushishgan. 
Moʼmin Rizo bu serialda Mardonboyning ish boshqaruvchisi Аziz rolini ijro qilgan, bu rolь aktyorga hayotiy xarakter taraflama yaqin boʼlib, xuddi u kabi ogʼir-bosiq, har bir ishni qoyilmaqom tarzda amalga oshiradigan uddaburon qahramondir. 
Аktyor Moʼmin Rizo oʼz oilaviy baxtini ham, aynan shu serialdan topgan boʼlib, uning rafiqasi aktrisa Ziyoda Normurodova bu serialda Mardonboyning qizi Goʼzal rolini ijro etgan. Shuningdek, ikkinchi rejissyor boʼlib ham faoliyat yuritgan. 
Serialning suratga olish jarayonida Moʼmin Rizoning aktyor sifatida sabrini sinaydigan holat yuz bergan. Yaʼni, bitta epizodni suratga olish uchun aktyorni yarim soat ichida naqd 5 marta suratga olish maydoniga chaqirishgan va keyin esa, kelmasligini soʼrashgan. Soʼng, bu epizod obʼekt topilgach suratga olingan. 
Moʼmin Rizoning serialdagi qahramoni Аziz oʼz boshligʼiga oʼta sadoqatli boʼlib, har qanday vaziyatdan ham, aql va kuchni uygʼunlashtirgan holatda ishga solib, ustalik bilan chiqib keta oladi. Mardonboyning deyarli hech bir ishi, bu qahramonsiz bitmaydi. Bu qahramon kuchli, ammo juda bosiq boʼlganligi uchun, hamma vaqt ham oʼz kuchini namoyish etavermaydi. Аmmo, vaqti kelsa, uni yengib boʼlmaydi. Bu qahramonni tomoshabin serial boshidan kuchli, yengilmas inson sifatida koʼradi. Moʼmin Rizo bu rolida ham, tomoshabin ishonchini oqlagan va oʼz rolini ishonarli tarzda ijro qilgan. 
Rolning eng qiziqarli jihati esa, aktyor rolь ichida rolь ijro qilishiga toʼgʼri kelgan. Yaʼni, Аziz aslida Ichki ishlar xodimi boʼlib, Mardonboyning noqonuniy faoliyatini aniqlash uchun unga ish boshqaruvchilik qilayotgan edi! U oʼzining haqiqiy kasbini sezdirmasligi, hamda zarur jinoiy dalillarni yigʼishi zarur edi. Аktyor Moʼmin Rizo oʼz rolini juda ishonarli ijro qilganidan, tomoshabinlar serial davomida uni Ichki ishlar xodimi ekanligini sezishmagan ham. Bu esa, uning aktyor sifatidagi yutugʼidir.


Категория: SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA
Просмотров: 1204 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Moʼmin Rizoning, mos rollaridan biri, oʼz xarakteriga, “Bokira” seriali
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное