Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Pazanda - Sad Love
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Jumong-soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Mobil aloqa operatorlari endilikda tariflarni so‘mda hisoblaydi


O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari va internet-provayderlar 5 sentyabrdan o‘z xizmatlarini so‘mda narxlashga o‘tadi. Narxlar dollarning so‘mga nisbatan eski kursi bo‘yicha o‘rnatiladi. Bu haqda telekommunikatsiya kompaniyalaridagi axborot manbalari xabar qildi, deb yozadi Gazeta.uz

Yangicha tarifikatsiyaga o‘tish Prezidentning 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralar to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilinishi bilan asoslanmoqda. Ushbu farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda tovarlar, ishlash va xizmatlar uchun narx va tariflar faqatgina milliy valyutada belgilanishi qayd etilgan edi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 4 sentabr kuni operator va provayderlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda AQSh dollarida ko‘rsatilgan tariflarni hisoblashda Markaziy bank tomonidan 29 avgustda bir dollar uchun 4210,35 so‘m etib belgilangan dollarning so‘mga nisbatan kursi asos qilib olinadi.

Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, xuddi shunday qaror narx va tariflar dollarda belgilangan barcha kompaniyalar, jumladan «O‘zbekiston havo yo‘llari» va General Motors Uzbekistan QK tomonidan ham qabul qilinishi lozim.

Bu narxlarning keskin oshib ketmasligi va valyuta siyosatini erkinlashtirish oqibatlarini yengillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 7670 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hisoblaydi, tariflar, endilikda, so‘m, Mobil aloqa operatori
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное