Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Mobil operatorlari o‘z mijozlarini spam-xatlar haqida ogohlantirdi


UMS, Beeline va Uzmobile mobil operatorlari o‘z mijozlarini yolg‘on xabarlardan iborat spam-xatlar tarqatilayotgani haqida ogohlantirdi. Noma’lum spamerlar faoliyati va hiylalari to‘g‘risidagi ma’lumot kompaniyalar veb-sahifalari hamda ularning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy guruhlarida taqdim etildi.

Mobil operatorlar ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar mashhur messenjer va ijtimoiy tarmoqlarning SMS-xabarlari orqali go‘yo operator tug‘ilgan kuni sanasida internet trafik va daqiqalar ko‘rinishida bonuslar taqdim etadi, degan xabarlar tarqatmoqda.

Matnda mazkur bonusni olish uchun ana shu xabarni yana 20 ta abonentga yuborish kerakligi aytiladi. Bu xatlar mazkur hiyla orqasidan ko‘plab mahalliy abonentlar orasida tarqalib ulgurdi.

Xat matni deyarli bir xil – faqatgina ertaga falon operatorning tug‘ilgan kuni deyilganda operatorning nomi o‘zgaradi, xolos.

Kompaniyalarda bu yolg‘on xabar ekanligi va abonentlardan bunga ishonmasliklari hamda spam manbalarni aniqlash va bloklash bo‘yicha choralar ko‘rilishi e’lon qilindi.

Ta’kidlash joizki, besh yil oldan ham O‘zbekistonda xuddi shu tarzda xavfli mobil virus tarqatilgan edi. Ushbu virus mobil qurilma egasi bilmagan holda uning elektron manzilidan foydalanib, qandaydir veb-sahifaga kirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan mustaqil ravishda SMS-xabarlarni yuborgan. Natijada virusdan zarar ko‘rgan shaxs mobil aloqa xizmatlaridan foydalangani uchun ancha pul to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur spam-xatlar oddiy hazilmi yoki buning ortida yovuz niyatlar bor-yo‘qligi hali noma’lum.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 4684 | Рейтинг: 0| Рейтинг: spam-xatlar, Mobil operatorlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное