Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Moskvada Filipp Kirkorovni plagiatda ayblagan Space guruhi yetakchisi Didye Maruani qo‘lga olindi





Moskvada politsiya Space guruhi yetakchisi Didye Maruani va yurist Igor Trunovni qo‘lga oldi. Bu haqda Trunovning manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Lyudmila Ayvar ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”. 


“Tomonlar uzoq vaqt muzokaralar olib bordi. Ular mualliflik huquqi buzilishi va Maruaniga tovon puli to‘lanishi masalasini tinch yo‘l bilan hal etishga uringan. Kirkorov bunga tayyorligini bildirib, bankda uchrashishni taklif etgan. Maruani va Trunov bankka kelganida politsiya ularni qo‘lga oldi”, — deya izoh berdi Ayvar.

O‘z navbatida, Filipp Kirkorovning advokati Aleksandr Dobrovinskiy Maruani va Trunov mijozidan 1 million yevro ta’ma qilgani uchun qo‘lga olinganini ma’lum qildi. 

“Bu holat chindan ham mijozimning murojaatidan so‘ng yuz berdi. Ular Kirkorovdan qo‘shiq uchun 75 million rubl undirmoqchi bo‘lgan”, — deya ta’kidladi Dobrovinskiy. 

Noyabr boshida Space Filipp Kirkorovning “Shafqatsiz sevgi” qo‘shig‘ida mualliflik huquqi buzilganini bildirib, Moskva shahar sudiga murojaat etgandi. Guruh manfaatlarini himoya qilgan Igor Trunovga ko‘ra, ekspertlar mazkur qo‘shiqda Didye Maruanining Symphonic space dream kompozitsiyasidan qisman foydalanilganini aniqlagan. Sudga berilgan da’vo summasi 75 million rubldan iborat bo‘lgan.

 


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2302 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Filipp Kirkorov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное