Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Pazanda - Sad Love
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Qaqnus - Mal De music
. Pazanda - The Sound of Love
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Moskvada O'zbekiston fuqarosining bir yoshli chaqalog'ini politsiya mahkamasi olib qo'ydi


 
Rossiya poytaxti Moskva shahar huquq-tartibot idoralari o'g'rilik qurboniga aylangan o'zbekistonlik Mamasaidova Nilufarga yordam berish o'rniga, uning alamiga tuz sepishdi. Ular, politsiyaga yordam so'rab murojaat qilgan Nilufarning bir yoshli qizchasini tortib olib, o'zini hibsda saqlashmoqda. Bu haqda, uning advokati Bahrom Ismoilov Facebook sahifasida so'z yuritgan.
 
Gap shundaki, 2016 yilning 25 dekabr kuni Mamasaidova Nilufarning uyiga o'g'rilikka tushgan jinoyatchilar uning hujjatlarini o'g'irlab ketishgan. Shu kunning o'zida jabrdiyda Moskva IIV Kuntsevo tumani IIBga hujjatlari o'g'irlangani yuzasidan murojaat qilgan. Afsuski, tuman IIB xodimlari, jinoyatchilarni topish o'rniga O'zbekiston fuqarosidan uning farzandini tortib olishga qaror qilgan.  Ular bolaning ayolga tegishli ekaniga oid hujjatlar yo'qligini ro'kach qilishmoqda. 
Bundan tashqari, Nilufarning o'zini "Kuntsevo" TIIB tergov izolyatoriga 3 sutkaga qamashgan! Advokatning yozishicha, mana 10 kundirki, bir yoshli chaqaloq qizcha 1-Shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Onaning esa asabi buzilgani va 3 kun mobaynida sovuq xonada saqlangani tufayli o'pkasi shamollagan. 
 
Sahifa ostida ijtimoiy tarmoq a`zolari voqeaga befarq emasliklarini izhor qilgan holda turli fikrlarni ilgari surishgan. Xususan, ulardan biri, O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va diasporasi o'z vakolatlari doirasida huquqiy yordam ko'rsatishlari zarurligini bildirgan. KUN.Uz tahririyati ham ushbu muammo tezda ijobiy hal etilishiga umid qilib qoladi. 


Manba:kun.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 4803 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O'zbekiston fuqarosi, Moskvada
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное