Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

"MTS O‘zbekiston" o‘zini bankrot deb atadi

Rossiyaning «Mobilnie TeleSistemi» (MTS) kompaniyasining xabar berishicha, unga qarashli bo‘lgan «O‘zdunrobita» XK MChJ Toshkent shahar xo‘jalik sudiga bankrot bo‘lgani to‘g‘risida ariza bergan. Bunga «O‘zdunrobita» MChJning Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining  2012 yil 17 sentyabrda chiqargan hukmi va sudning Apellyatsiya kengashi tomonidan 2012 yil 8 noyabrda belgilangan majburiyatlarni, ya’ni 600 mln. dollar miqdoridagi jarimani to‘lashga qodir emasligi sabab bo‘lgan.MTS matbuot xizmati tarqatgan xabar ko‘ra, kuchga kirgan sud qaroriga muvofiq,hozirga qadar «O‘zdunrobita» hisobida qolgan 150 mln. dollarga teng pul mablag‘larining hammasi yechib olingan. «O‘zdunrobita» O‘zbekiston qonunchiligi doirasida o‘z manfaatlarini himoya qilishni  davom ettiradi Eslatib o‘tamiz, bundan bir kun ilgari Rossiya tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston elchisi bilan aynan "MTS-O‘zbekiston" masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Dushanba kuni esa "O‘zdunrobita" menejerlaridan biri kompaniya xodimlarini ishdan bo‘shatish boshlangani haqida ma’lumot bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra jami 200dan ziyod xodimga ishdan bo‘shash haqida ogohlantirish berilgan.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 3587 | Рейтинг: 0| Рейтинг: MTS
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное