Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Osiyo-Soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Jumong-soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Muhabbat Tafti: Shyamning rejasi qil ustida, Kxushi esa to‘y tashvishi bilan band

Serialning asosiy  qahramonlari Arnav, Kxushi  va Shyam o‘rtasidagi munosabatlar hademay yechimini topadi. Qiziq, serial rejissyorlari uch inson taqdirini qanday hal etishmoqchi? Bu haqda birinchilardan bo‘lib, biz tanishtiramiz. «Mening yurtim» kanalidagi sevimli serialingizning voqealar rivoji bilan tanishing. 
•  Kxushinni sahnaga chiqarib yuborishadi. Qizni noqulay vaziyatdan qutqarish uchun Nani, Arnavni yo‘lga soladi. Ikkisining chiqishi tomoshabinlarga ma’qul keladi. Tanlovdan keyin ular yana tortishib qolishadi. 
•  Sahnada o‘zini yo‘qotib qo‘ygan Payyal, Manoramadan dakki eshitadi. «Atay qildim, sovg‘aga qo‘yilgan pul bizdan ko‘ra muxtojroq odamlarga kerak» deydi o‘zini oqlab. Tobi qochgan Anjali, Kxushi va Shyamni dorixonaga yuboradi. 
•  Dorixonada Shyam o‘zini qo‘pol tutadi. To‘y haqida gap boshlagan Kxushin, Arnavning javobidan xafa bo‘ladi. Arnavning Anjeliga qilayotgan mehribonchiligi Kxushinni ranjitadi. 
•  Arnavni uxlayapti degan xayolda Kxushi Lakshmiga o‘z rejasini so‘zlab beradi. Anjali Arnavga Kxushinning ahvolini bayon qiladi. Anjalining gapiga ko‘ra, Arnav sevib qolishdan qo‘rqadi. 
•  Kechki ovqatga kechikkan Arnavni, Kxushi ovqat qoldirmay jazolaydi.  Sillasi qurigan Arnavni Anjali ovqatlantirib, Kxushinni aybdorga chiqaradi. O‘zi esa tuni bilan Arnavning yonida qoladi. 
•  Shyam, Arnav jovonining kalitini o‘marmoqchi bo‘ladi. Uni ko‘rib qolgan Kxushining jahli chiqadi. Shunday bo‘lsada, Shyam kalit nusxasini qo‘lga kiritadi. Ro‘molchadagi Kxushining lab bo‘yog‘i izi va u foydalanadigan atir ifori Arnavning hamiyatiga tegadi. 
•  Arnav, Kxushi bilan ketishga rozi bo‘ladi. Garima va Madxumati ularning kelishiga uyni yig‘ishtira boshlashadi. Babbli olib chiqqan sovunda Shyam jovon kalitining nusxasini tushirib olgandi. Ular buni bilisharmikan?
•  Shyam Babblining qo‘lidagi sovunni ko‘rib, uni olib qo‘yadi. Arnav yaroqsiz holga kelgan sovutgichni tuzatmoqchi bo‘lib, Madxumatining do‘stlariga halaqit beradi. Payyal, Babbli bilan do‘stlashishni xohlaydi ammo Madxumati bunga qarshi chiqadi. 
•  Madxumatining do‘stlariga yosh kelin-kuyolarni tanishtirishadi. Ular Arnav va Kxushiga baxt tilashadi. Arnav uyga yangi sovutgichni olib kelib, yaqinlarini ranjitadi. Sovutgichni ishga tushirganida esa qo‘shnilarning uyida chiroq o‘chadi. 
•  Shyam jovon kalitining nusxasi uchun hisob-kitob qilayotganini Arnavning otasi ko‘rib qoladi. 
•  Arnav, Kxushini tergagani uchun o‘zini aybdor his qiladi. U Kxushining moddiy tarafdan qiynalib qolganini bilib, qanday qilib yordam ko‘rsatish mumkinligini o‘ylaydi.  Kxushi, Garimaga ona deb murojaat qilishini aytadi. Bu Arnavga ma’qul kelmaydi. 
•  Madxumati, Kxushi va Pritika do‘stligi haqida so‘zlab beradi. To‘y tashvishlari Arnavning jig‘iga tegayapti. Shyam, Arnav o‘ziga tegishli merosni Anjaliga qoldirayotganidan xabar topadi. Buyog‘i u qanday yo‘l tutadi?
•  Shyamning yuborgan takbriknomasini ko‘rib qolgan Arnav qattiq g‘azablanadi va undan uzoqroq yurishini tayinlaydi. Kxushi, Pritikaning oilasini haqoratlagani uchun kuyov tarafdan xafa ekanligini aytadi. Kxushi Garimega o‘z hayoti haqida yolg‘on so‘zlaydi. Ularning suhbatini poylab turganlar bor.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5489 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Muhabbat tafti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
mohishkam Judayam tushunarsiz yozilgan
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное