Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Munisa- Istanbuldagi eng yorqin klip!

O‘zbek «pitbul»i, freedom xonim, taksimdan bo‘g‘oz sohillarigacha…tarixiy shaharning eng go‘zal manzaralari - istanbuldagi eng yorqin klip!

Superxit, megaxit… boshqa ta’rif topolmadim! Zamonaviy klip bo‘lsa, mana shunday bo‘lsin!  Munisning yangi klipini taqdim etishdi. So‘nggi paytda shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan klip. Narxi 30 000 dollar ekani haqida ham gap bolaladi.  Klipni tomosha qilib, unga qancha pul sarflangani umuman ahamiyatga ega bo‘lmaydi.  Tomosha qildim. Bir, ikki, uch…o‘n uch…qani tugab qolmasa!  Nilufarning bir klipida uni koinotga olib chiqqan oshiq,  namozovning klipida «ko‘za afsonasi» bosh qahramoni – narimon sultonxo‘jaevning nechta klip yaratib, necha marotaba suratga tushib, tomoshabinlar mehrini qozonib, goho odamning g‘ashiga qancha tegdi bilmadim-u, biroq, istanbulda suratga olgan bu yangi ishiga shunchaki gap yo‘q! Uni qabul qilish juda oson va yoqimli kechdi. O‘zbek «pitbul»i!  Ha, o‘sha hozirgi jahon pop musiqasining eng talabgor kalbosh yulduzi  - pitbullning o‘zbek "qarindoshi”!

Dunyoning sayyoh arimaydigan tarixiy shaharlaridan biri istanbulning vertikal va gorizontal panoramasi, shaharning qadimiy taksim ko‘chasidan kema va yaxtalarga to‘la bo‘g‘oz sohillari, tongi va tungi manzaralar klip lavhalarini shu qadar boyitganki, qayta-qayta tomosha qilib zerikmaysiz!

Munis imiji ustida ancha ishlagani ko‘rinib turibdi. Did bilan yondoshganiga hech ham shubha yo‘q. Bir qarasang, mashina boshqarayotgan yo‘lbars ro‘molli ledi, bir qarasang, taksim ko‘chalarida sho‘x-shaddod kuylayotgan epotaj o‘smir, yana bir boqsang, ko‘zni qamashtirguvchi libosga burkangan xonim...hamma qiliqlari o‘ziga yarashgan! Qo‘shiqdagi biron qo‘shimcha tovushning klipda namoyon bo‘lish detallari yoddan ko‘tarilmagan! Lol!!!

Hammasi uyg‘un. Bir butun. Qo‘shiq musiqasi ajoyib, so‘zlari qiziqarli, klip lavhalari soniyalar ichida almashadi...ko‘zingizni esa millisoniyalar ichida ham uzolmaysiz! Eng asosiysi, rosa kayfiyatni ko‘taradi. Munis, yangi yilni yangi superxit bilan boshlaganing muborak!

Shuncha ijoding bir tomon-u, shu qo‘shiq bir tomon! "o‘yla” haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rdim...ha, baribir so‘nggi xulosam shu. Ishonaman, bu qo‘shiq dunyo musiqiy chartlarida eng munosibi!

 

Manba: shov-shuv.uz



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4026 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное