Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Munisa Rizayeva konsertidan tushgan 18 ming AQSh dollari va 48 million so‘m “uxlatildi”


Kecha, 19 oktabr kuni Namangan shahrida viloyat prokuraturasidan O‘zbekiston IIVga firibgarlik holati yuzasidan hujjat kelib tushdi.

Unga ko‘ra, 19 sentabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi D.S. ariza bilan murojaat qilib, tanishi A.E (ismli ayol) uning ishonchiga kirib, shu yil 25 iyun kuni Namangan shahrida, 26 iyun kuni Farg‘ona shahrida va 27 iyun kuni Andijon shahrida xonanda Munisa Rizayevaning “Yomg‘ir” deb nomlangan konsert dasturini o‘tkazib berib, har bir dastur uchun 6 ming AQSh dollari, jami 18 ming AQSh dollarini olib, unga bermaganligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, A.E. 25 iyun kuni Namangan shahrida konsert dasturini o‘tkazib, 2,4 ming nafar fuqaroga sotilgan jami 48 million so‘mlik chipta pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dilmurodjon Rahimov



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10041 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Munisa Rizayeva, dollar, Firibgar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное