Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Muqaddas Sa’dullayeva aktrisalik faoliyatini to‘htatadimi?…


Yigitali Mamajonov va haqidagi so‘nggi mish-mishlar dekabr oyida paydo bo‘ldi. Bunga sabab Muqaddas Sa’dullayevaning kinofestivalga homilador holatda tashrif buyurgani. «Muqaddas erga tegdimi? Uning eri Yigitalimi? Yigitali yaqinda Nigina ismli qizga uylanmaganmidi?» kabi savollar ijtimoiy tarmoqlarda keng aylanib, muhokamalar ko‘paydi. To Muqaddas o‘g‘li Abubakrni dunyoga keltirmaguncha juftlik bu haqda ommaga hech qanday ma’lumot aytmadi ham. Keyin esa asta-sekin ularning birga tushgan suratlari shaxsiy sahifalarida paydo bo‘la boshladi. Yaqinda Yigitali Mamajonov ushbu sirli vaziyatlar yuzasidan nihoyat, intervyu berdi va hech bir savolni javobsiz qoldirmadi.

— Muqaddas bilan munosabatlaringiz qachon boshlangan edi?

— Munosabatimizning boshlanganiga bir yildan oshdi. Hammasi juda tez bo‘lib ketdi. Birinchidan, xarakterimiz bir-birimizga to‘g‘ri keldi. U inson ham hayotdan kuygani uchunmi, o‘rtamizda iliq munosabatlar boshlandi. Mana shundan keyin turmush qurishga ahd qildik. Munosabatlarimizni sir saqlash — bu mendan chiqqan fikr edi. «Ko‘z», «nazar» degan narsalar bor. Ammo bizning hayotimizda buning iloji yo‘q ekan. Baribir, hamma bildi.

— Farzandingizga Abubakr deya ism qo‘ydinglar. Kim tanladi bu ismni?

— Men. Chunki payg‘ambarimiz Muhammmad (s. a. v) haqida o‘qib, o‘rganayotganimizda u insonga mehr qo‘ydim.

— Muqaddasning ham qizalog‘i bor. Bugun u sizni «Dada» deb chaqiryaptimi?

— Albatta! Uning qizi mening qizimdek bo‘lib qolgan. U meni yaxshi ko‘radi, men ham uni yaxshi ko‘raman. Kichkina bo‘lsa ham ko‘p narsaga aqli yetadi. Ukasiga ham juda mehribon. Ayol kishida o‘zining akasi, ukasiga mehri juda kuchli bo‘ladi. Aynan qizimda ham ukasiga mehri baland.

— Muqaddasning boshqalardan farqli qaysi jihatlari sizga ma’qul keldi?

— Gapirish madaniyatida, xulq-atvorida ham o‘zini tutib olgan. Yaqindan gaplashganimizdan keyin bir-birimizni, qalbimizni his qiladigan bo‘ldik. Endi men uning hamma xususiyatlarini ham aytishim to‘g‘ri emas. Axir u mening jufti halolim!

— Muqaddas aktrisalik faoliyatini davom ettiradimi yoki yo‘q?

— Me’yordan chiqib ketmagan holda davom ettiradi. Keyinchalik Xudo xohlasa, yana ko‘payishganimizdan keyin farzandlarimizga tarbiya berib, chiroyli uy bekasi bo‘lib o‘tiradi.



Manba:Hordiq.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7664 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muqaddas Sa’dullayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное