Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Muqaddas Sadullayevaning Turmush o‘rtog‘i Bilan "Aytishuv"idan Munosabatlari Buzilgani ma’lum bo‘ldi

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaning turmushi darz ketgani haqida tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, turli gap-so‘zlar bolalayotgandi.
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida faol bo‘lgan aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan bog‘liq savollarga javob berishdan o‘zini olib qochayotgandi. Biroq ushbu ijtimoiy tarmoqdagi @mashhur_yulduzlar_oilasi sahifasidagi surat hamda Muqaddas Sa’dullayeva va Sanjar G‘anievlarning o‘zaro “aytishuv”laridan  ularning munosabatlari buzilgani ma’lum bo‘lib qoldi, deb yozadi“Uz24.uz”. 
Aniqrog‘i, sahifaga Sanjar G‘aniev qizi Sa’diyaxon bilan tushgan surati joylandi. Surat bu yosh oilaga baxt tilaklari bilan hamda “ular birga yashamaydi”, degan izohlar bilan to‘lib-toshdi. Izohlarga Sanjar G‘anievning o‘zi ham qo‘shildi va o‘z sahifasidan “Qizini ko‘rdi degani – oilasiga qaytdi, degani emas. Oila yo‘q!”, – deb yozdi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ham bu gaplarga chidab turolmadi va  turmush o‘rtog‘ining gapiga javob qaytardi: “Yashamaslikka yetarli sabab ham yo‘q. Erkak kishi mas’uliyatli bo‘lishi kerak. Odam farzandining taqdiriga bir o‘zi kurashgani bir tiyin ekan... Bolam uchun shuncha kurashib adashibman. Siz Sa’diyaga noloyiqsiz!” – deb gap-so‘zlarga nuqta qo‘ydi.
Aktrisa yaqinda gazetalardan biriga bergan intervyusida ota-onasinikidek muhabbat unga nasib etmaganini aytib o‘tgandi. 
Ma’lumot uchun, Muqaddas Sa’dullayeva O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullaev hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayevalarning kenja qizidir.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 31778 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muqaddas Sadullayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
samira100 Uzi siz sanatkorlar nega turmush qurasizlar ajrashish uchunmi bugun turmush qurasizlar ertaga ajrasizlar (Lola Rayhona aytamanda turmush uyinchog shekili sizlarga esiz
Like | 0
Dilso'z пишет: | 29.03.2016 | 14:48 #2 Страница с комментарием
omina1710 Bekor ajrashibdida
Like | 0
Sadiya Bu aktirisani eri qaysi kinoda oynagan tanimadim...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное