Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Exclusive Intervyu

Murat Yildirim bilan eksklyuziv suhbat. U turk seriallari tez ommalashishi sirini oshkor etdi


— Murat bey, Toshkentga xush kelibsiz! Yurtimizga taklif qilishganida nimalarni his etdingiz?

— Benihoya hursand bo‘ldim! Taklif uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman!

— Ko‘hna va hamisha navqiron Buxoro shahrida ham bo‘ldingiz, taassurotlaringiz bir olam ekani shubhasiz. Buxorodagi qaysi joylar e’tiboringizni tortdi?

— Haqsiz, taassurotim cheksiz! Buxoroning ko‘plab yerlarida bo‘ldim, tarixiy binolar, qadamjolar, ajoyib ruhiyat meni o‘ziga rom etdi. Ertaknamo, go‘zal shahar ekan.

— O‘zbek taomlarining ta’mi og‘zingizda qolganiga ham ishonaman!

— Buni alohida ta’kidlashni istardim, Buxoroning milliy taomlarining mazasi og‘zimda qoldi.

— O‘zbek va turklar orasidagi o‘xshashlikni aynan nimalarda payqadingiz?

— Turkiyada yashasam-da, o‘zbek xalqi bilan yaxshi tanishman. Turkiyada bir millionga yaqin o‘zbeklar bor. Biz xuddi tug‘ishganlardek birga yashaymiz. Ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari sira uzilmaydi. Ochig‘i, O‘zbekistonga kelganimdan judayam hursandman!

— O‘zbekistondan filmga suratga tushish taklifi bo‘lishi xayolingizga kelganmidi?

— Aslida o‘zbek kinoijodkorlaridan ancha avval taklif tushgandi. O‘zbek filmida suratga tushish men uchun alohida ahamiyatga ega. Boisi o‘zbek tomoshabini turk filmlarini yaxshi ko‘rishidan xabardor edim.

— Taklifga rozilik berishingizga qancha vaqt ketdi?

— Agentim o‘zbek kinoijodkorlaridan taklif tushayotganini aytdi. “Scorpion” kinokartinasida suratga tushasanmi?” deb so‘radi. Taklif qiziq tuyuldi va “Nima uchun yo‘q? Albatta!” deya tezda rozi bo‘ldim. Bunday xalqaro loyihada ishtirok etish har bir aktyor uchun katta tajriba.

— “Scorpion” filmi ssenariysining “yuk”i qay darajada og‘ir?

— Avvalo ssenariy bilan tanishib chiqqanman. Mukammal yozilgan, deyolaman, boisi ssenariy juda ta’sirlantirdi. Mazkur film umuminsoniy qadriyatlarni o‘z ichiga olgan. Kinokartinada yoshlarning dolzarb masalalar va voqea-hodisalarga munosabati aks ettirilgan.

— O‘zbek kinoijkorlarining ish uslubini sizga manzur kelgan va yoqmagan jihatlari qiziq...

— Nazarimda ssenariydan tortib, aktyorlar tanlovi, umuman hamma ish professional darajada tashkillashtirilgan.

— “Scorpion”ning rejissyori Muxlisa Azizovaning ishidan ko‘nglingiz to‘ldimi, til topishish qiyin kechmadimi?

— Aktyor uchun albatta rejissyor ham ahamiyatli. To‘g‘ri, rejissyor juda yosh. U bilan ikki daqiqa suhbatlashganimning o‘zida qahramonim holatiga kirgiza oldi. Rolni rejissyor istaganidek o‘ynab berishga harakat qildim. Hech qaysi sahnani ikki martadan ortiq dubl qilganimiz yo‘q. Suratga olish jarayoni bu qadar ko‘ngildagidek o‘tishini tasavvur qilmagandim. Filmga rejissyor to‘g‘ri tanlangan. Rejissyorning yondashuvlari e’tirofga loyiq. O‘zbekistonga kelishim uchun hamma shart-sharoitlar hozirlangan. Mana O‘zbekistonga tashrif buyurdim, filmda ishtirok etdim.

— Murat Yildirimni O‘zbekistonda qanchalik yaxshi ko‘rishlari haqida tasavvurga egamidingiz?

— Do‘stlarim orqali O‘zbekiston haqida, odamlarining mehmondo‘stligi, turk filmlari, seriallarini sevib tomosha qilishlari haqida ma’lumotga ega bo‘lganman. Bu holatni o‘z ko‘zim bilan ko‘rish, tanishishni istadim. Aeroportga kelishim bilan bu iliqlikni tuydim. Meni mehr-muhabbat bilan qarshi olishlaridan Murat Yildirimga bo‘lgan munosabatlarini ham payqash qiyin bo‘lmadi. Ishtirokimdagi “Osiyo” seriali O‘zbekistonda namoyish etilganini bilardim. Lekin u shunchalik mashhur bo‘lganini va muxlislarim bu qadar ko‘pligini tasavvur ham qilmagandim.

— Turk seriallarini keng miqyosda ommalashishi sababi nimada?

— Dunyoda deyarli barcha odamlarning tuyg‘ulari bir xil. U qaysi millat yoki ellat bo‘lmasin birday sevadi, kuyadi. Bir xil his-tuyularni boshdan kechiradi. Insoniy kechinmalarning millati yo‘q. U barchaga birdek tushunarli. Balki ana shu his-tuyg‘ularni yaxshiroq ijro qilayotgandirmiz. Chunki filmlar va teleseriallar orqali dunyoning boshqa nuqtasida yashovchi odamlarga ana shu kechinmalarni yetkazib berishning uddasidan chiqa olyapmiz. Nega turk kinoijodkorlari bundan foydalanmasligi kerak? Turk kinoijodkorlari aynan ana shu jihatga katta kuch beradi, natijasi esa o‘zingizga ma’lum.

Sadoqat Allaberganova suhbatlashdi



Категория: Exclusive Intervyu
Просмотров: 6723 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Murat Yildirim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное