Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Mustaqillik maydonidagi Yangi yil sayllariga start berildi.

26 dekabrdan e’tiboran Yangi yil archasi tomoshalari boshlandi.
Biroz avval 2016 yilning kirib kelishi munosabati bilan Toshkent shahrining bir necha ko‘zga ko‘ringan maskanlarida Yangi yil archasini bezatish, tomoshalarni tashkil etish, bayram sayli uchun shart-sharoit yaratish uchun tadorik boshlagani va Yangi yil archasi tomoshalari 28 dekabrdan start olishi haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahridagi “Mustaqillik” maydoni, Shayxontohur tumanidagi Xadra maydoni, Chilonzor tumani Algoritm dahasidagi "Roison Elektronics korxonasining old maydonidagi Yangi yil archasi o‘rnatilgan tomosha maydoni va savdo rastalari 26 dekabrdan e’tiboran o‘z ishini boshladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati. Shanba va yakshanba kunlari aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida Yangi yil archasi tomoshalarining ochilishi 28 dekabrdan 26 dekabrga ko‘chirildi deydi qalampir.uz muxbiri bilan aloqaga chiqqan Toshkent shahar hokimiyati vakili.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu yil “Mustaqillik” maydoniga o‘rnatilayotgan archaning bo‘yi 26, diametri esa 9 metrni tashkil etadi. Salobati va mahobati bilan poytaxt mehmonlarini o‘ziga ohangrabodek jalb qilib turgan archa 1800 dona o‘yinchoq hamda “Toshshaharnur” DUK tomonidan chiroqlar marjoni bilan bezatildi. Qolaversa, “Mustaqillik” maydonida 24 ta bezatilgan savdo va 15 ta yengil savdo shahobchalari xizmat ko‘rsatishga shay holatga keltirildi.
Ma’lumotlarga qaraganda bayram tadbirlariga Toshkent shahridagi barcha teatr jamoalari va badiiy jamoalar, sirk artistlari, estrada guruhlari va xonandalari to‘liq jalb etilgan.

Bayram tadbirlari “Mustaqillik” maydonida soat 10:00 dan 19:00 gacha “Yangi yil sarguzashtlari” teatrlashtirilgan tomosha hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi milliy estrada bo‘limining iste’dodli talabalari, O‘zbekiston Badiiy jamoalar birlashmasi xonandalari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari hamda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandalari ijrosida konsert dasturlari namoyish etiladi.
Chilonzor tumani Algoritm dahasi "ROISON ELECTRONICS” korxonasi ol maydonida soat 11:00 dan 19:00 gacha “Yangi yil ertagi” musiqali teatrlashtirilgan tomosha hamda “Xo‘ja Nasriddinning Yangi yil sarguzashtlari” teatrlashtirilgan tomosha-konsert chiqishlari namoyish etiladi.
Shayxontohur tumani Xadra maydonida soat 11:00 dan 19:00 gacha rus va o‘zbek tillaridagi “Shum bola g‘aroyib mamlakatda” nomli ertak-tomosha va konsert dasturi namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining “Mustaqillik” maydoni, Chilonzor tumani Algoritm dahasi "ROISON ELECTRONICS” korxonasi ol maydoni, Shayxontohur tumani Xadra maydonidagi bayram tomoshalari 2016 yilning 8 yanvariga qadar davom etadi. 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3343 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi yil archasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное