Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Namanganda fan olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi unga berilgan noutbukni o‘qituvchilar tortib olganini aytdi

Namangan viloyati Norin tumanidagi 1-maktab o‘quvchisi Ergashaliyev Murodjon Respublika miqyosida o‘tkazilgan onlayn olimpiadada matematika fani bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligi unga noutbuk sovg‘a qilgani, lekin noutbukni maktab o‘qituvchilari tortib olganini ma’lum qilib videomurojaat yo‘lladi.

“2022-yil 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Respublika onlayn olimpiadasida birinchi o‘rinni egalladim va menga noutbuk bilan faxriy yorliq berildi. Ammo bu noutbukni maktabimiz o‘qituvchilari olib qo‘ydi. Sababini so‘raganimda ‘bu mukofot seniki emas, chunki seni nomingdan biz ishlaganmiz, biz mehnat qilganmiz’ dedi. O‘qituvchiga berilgan sovg‘ani esa metodist ishlatadi, u ham mehnat qilgan deb metodistga berib qo‘ydi”, – deydi Murodjon o‘z videomurojaatida.

Birozdan keyin Murodjonga noutbuk berilgani haqida video e’lon qilindi. Unda aytilishicha, Ergashaliyev Murodjon tushunmasdan ijtimoiy tarmoqlar orqali video murojaat qilgan. Maktab ma’muriyatining ma’lum qilishicha, noutbuk 24-yanvar kungi ertalabki saflanishda barcha o‘quvchilar orasida tantali ravishda topshirilishi rejalashtirilgan.

O‘quvchiga Xalq ta’limi vazirligi tomonidan zamonaviy noutbuk hamda Faxriy yorliq shu 22-yanvar kuni ota-onasi va tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurobod tumanining 41-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sardor Sattorov “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasining viloyat bosqichida 1-o‘rinni olishiga qaramay, unga 3-darajali diplom hamda ishlatilgan (eski) noutbuk sovg‘a qilingan haqida xabar berilgandi. “Bu nomardlar eskini berguncha bitta kitob bilan diplom bersa bo‘lmasmidi? Changini ham artmagan buni, kim bilan necha yildan beri chang bosib yotgan. Shunchalik ham nomardlik bo‘ladimi?”, — deydi o‘quvchining bobosi.

Nurobod tumani hokimining farmoyishi bilan mazkur holatda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan hokim o‘rinbosariga hayfsan berildi, keyinroq ishdan bo‘shatildi.

O‘quvchiga berilgan eski noutbuk yangisiga almashtirib berildi.

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 930 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное