Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qaqnus - Mal De music
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Efir Sirlari - Piano Version
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Kuz ertagi-soundtreck 2
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Namanganda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan shaxs qidiruvga berildi
Ichki ishlar vazirligi Namangan shahrida voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda gumonlanayotgan shaxsga qidiruv e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Namangan shahri O‘zbekiston ko‘chasidagi xonadonda yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan Sherzod Umarov 1-aprel kuni soat 23:30 larda Namangan shahrining “Bobur bog‘i”dan voyaga yetmagan qizni taksi sifatida uyiga olib borib qo‘yishini aytib, uni nomaʼlum manzildagi xonadonga olib borib, zo‘rlik ishlatib, nomusiga tekkan.

Sherzod Umarovning jinoyatga oid harakatlari “Bobur bog‘i” va atrof ko‘chalardagi kuzatuv kameralarida aks etgan. Shuningdek, hozirda jabrlanuvchining kiyimlari, badanidagi tan jarohatlari va zo‘rlik alomatlari yuzasidan tegishli sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Jinoyat sodir etishda gumonlangan Sherzod Umarovni qo‘lga olish maxsus tadbiri jarayonida oila aʼzolari tomonidan xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatilishi oqibatida gumonlanuvchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.
Shuningdek, Sherzod Umarov 27-mart kuni soat 12:30 larda Namangan shahar Yoshlar majmuasi yonidagi chorrahada velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtida, “VAZ-2106” rusumli avtomashinasida ketayotgan ikki nafar yosh yigitlar yo‘lini to‘sganligini bahona qilib, ularni urib, do‘pposlab, voqea joyidan yashiringan. Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra fuqarolarga “o‘rtacha og‘ir tan jarohati” va “yengil tan jarohati” yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan ham gumonlanuvchi Umarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, gumonlanuvchi 1989-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, hozirda Namangan shahri O‘zbekiston ko‘chasi 1-o‘tish yo‘li 22 uyda yashaydi. U “epilepsiya kasalligi bilan bog‘liq shaxsiyatning chuqur buzilishi, birlamchi generalizatsiyalashgan talvasa xurujlari” tashxisi bilan Namangan viloyat ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi 3-majburiy davolash bo‘limida nazoratda turadi.

Muqaddam firibgarlik, tovlamachilik, bezorilik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish hamda nomusga tegish kabi jinoyatlarni sodir etgani uchun bir necha bor sudlangan.

Ichki ishlar vazirligi suratdagi fuqaro ruhiy xastaligi hamda nihoyatda tajovuzkor ekanini inobatga olib, uni uchratgan shaxslardan ehtiyot bo‘lishlari hamda darhol 102 qisqa raqamiga yoki yaqin atrofdagi huquq tartibot organi xodimlariga xabar berishlarini so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Yangihayot tumanida 31-yanvar kuni zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgandi. Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 640 | Рейтинг: 0| Рейтинг: shaxs, zo‘rlaganlikda, Voyaga, Namangan, yetmagan, berildi, Qizni, qidiruvga, gumonlangan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное