Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nargiza Abdullayeva: Kinoga endi kirib kelgan yosh rejissyorlarga aktyorning misqollab to‘plagan obro‘si qiziq emas

O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan aktrisa Nargiza Abdullayeva «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. “Daryo” nashri aktrisa bilan suhbat uyushtirdi.
— Suhbatimizni ayni kundagi ijodiy yangiliklardan boshlasak. Qanday filmlarda rol ijro qilmoqdasiz?
— Takliflar juda ko‘p, ko‘plab ssenariylarni ko‘rib chiqyapman. Xususiy kino studiyalar tomonidan tasvirga olingan «Ajdar izidan» va «Omonat» nomli filmlarda suratga tushdim. Ularning premerasi tez kunlarda bo‘lib o‘tadi.
— Nega filmlarning premeralarida ko‘rinmaysiz?
— To‘g‘risi, premeralarga borishni yomon ko‘raman. Nafaqat boshqa filmlarning, balki o‘zim o‘ynagan filmlarning premeralariga ham ko‘pincha bormayman.
— Sababi nimada?
— Shunday holatlar bo‘ladiki, siz film saviyasini bilib turasiz. Majburiyatdan, kimlarningdir yuzidan o‘ta olmay o‘ynagan rolingiz taqdiri unda o‘ynashga rozilik bergan vaqtingizdayoq aniq bo‘ladi. Bunday filmda rol o‘ynab, so‘ng muxlislar oldiga peshvoz chiqib: «Men shunday qilib qo‘ydim, kimningdir yuzidan o‘ta olmay, o‘zimga yarashmaydigan rolni ijro qildim», deb ichingizda aytib, ularga ta’zim qilgandan ko‘ra, premeraga bormaslikni afzal ko‘raman.
— Kimlarningdir yuzidan o‘ta olmay o‘ynagan filmlaringiz ko‘pmi?
— Bo‘lgan, ammo bu filmlarda moddiy manfaat uchun o‘ynamaganman. Odamning yuzi issiq bo‘larkan. Ko‘pincha birovning dilini og‘ritmay, ilk qadamlarini sindirmay, deb rozilik berib, so‘ng o‘zimning ko‘nglim og‘rigan damlar ko‘p bo‘lgan.
— «Ilk qadamlarini sindirmay» deyapsiz — gap yosh rejissyorlar haqida ketmoqda?
— Gap kim haqida ketayotganini ochiq aytolmayman, ammo yosh rejissyorlarga ham ikki og‘iz maslahatim bor. Kinoga endi kirib kelayotgan rejissyorlar ko‘p ishlarni bir o‘zi bajarmoqchi bo‘ladi. Misol uchun, liboschi ham o‘zi, prodyuser ham o‘zi, ham montajchi, ham operator, boz ustiga film ssenariysi ham rejissyorlar tomonidan yozilmoqda. Axir bularning har biri alohida kasb, har bir kasbning esa ham o‘z ustalari bor. Bir safar rejissyordan keyingi sahna uchun qanday kiyim olib kelishim kerak deb so‘rasam: «Farqi yo‘q, uyda kiyadigan birorta kiyimingizni olib kelavering», dedi. Jahlim chiqib: «Men uyda kalta shortik kiyib yuraman, shuni olib boraverishim kerak ekan-da», deb yubordim. Ular uchun aktyor-aktrisaning yillar mobaynida misqollab to‘plagan obro‘si qiziq emas — ularga o‘zlari suratga olgan va premeradan nariga o‘tolmaydigan filmlari muhim.
— O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi siz uchun qo‘shaloq bayramga aylandi. «Shuhrat» medali bilan taqdirlanganingiz haqidagi xushxabarni sizga kim birinchi bo‘lib yetkazdi?
— Ko‘pchilik shunday unvonlar bilan taqdirlanganida: «Umuman kutmagan edim!», degan gaplarni aytadi. Nokamtarlikka yo‘ymang-u, biroq men rostdan ham buni kutmagan edim. To‘yxonada boshlovchilik qilayotganimizda, sherigim, «Navro‘z» radiosi boshlovchisi Rustambek mikrofonni olib, kutilmaganda: «Gulduros qarsaklaringiz ostida Nargiza Abdullayevani tabriklaymiz — u ‘Shuhrat’ medali bilan taqdirlandi!», deya e’lon qilib yubordi, bu haqdagi xabar bir kun avval internetda chiqqan ekan. Ochig‘i, o‘shanda ishonmadim. 25 avgust kuni «O‘zbekkino»dan telefon qilib, tabriklashganidan so‘ng ishondim.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2543 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nargiza Abdullayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное