Nilufar Usmonova - Kel ... Nilufar Usmonova - Kel ...
Sardor Rahimxon - Madin... Sardor Rahimxon - Madin...
Sardor Mamadaliyev - Ar... Sardor Mamadaliyev - Ar...
Asilbek Amanulloh - Jan... Asilbek Amanulloh - Jan...
Bahriddin Zuhriddinov -... Bahriddin Zuhriddinov -...
Bexruz Tohirov - Yolg'z... Bexruz Tohirov - Yolg'z...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Jumong-soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Qirolicha - Stakan Version
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Ishq Jodusi - All I want
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Narxi millionga teng fikrlar

Zamonamiz – o'z biznesini ochish va shu orqali boyib ketish uchun eng qulay paytlardan biri sanaladi. Siz inson faoliyatining turli sohalarida ko'plab imkoniyatlarning qurshovidasiz va ulardan qay darajada foydalana olish tamomila o'zingizga bog'liq. Sizdan talab etiladigani – ulkan istak va harakatga tayyorlik. Brayan Treysi kitoblari va seminarlari esa, shubhasiz, bunda sizga yordam beradi.

Treysi, malakali biznes-maslahatchisi, kouch, muallif va amaliyotchi, bundan ko'p yillar muqaddam “o'zini-o'zi qilgan” millionerlar tarixlarini o'rganishni boshlagan. Ular haqida qancha ko'p o'rgansa, o'zi ham shu darajada ularga biriga aylanib borar edi. Millioner statusiga erishish undan 5 yilni talab qildi. Uning bugungi butun faoliyati - mazkur yo'lni boshqalar uchun qisqartirishga yo'naltirilgan.

Rivojlanishni va o'z biznesini qurishni istaydiganlar uchun, Brayan Treysi fikriga ko'ra, “o'zini-o'zi qilgan” millionerlarning 7 ta sirini havolangizga namoyish qilmoqdamiz.

• Demak, “o'zini-o'zi qilgan” millionerlarning birinchi siri - keng miqiyosda fikrlang va ulkan narsalar haqida orzu qiling. O'zingizga tinmasdan “Men qila olaman!”, deya ta'kidlang. O'zingizga qayta-qayta berishingiz bo'lgan yagona savol “Qanday qilib?”, degan savol bo'lsin. “O'zini-o'zi qilgan” millionerlar o'z qiyofasini, kelgusida boy va omadli bo'lishlarini aniq tasavvur qila oladilar. Hayotingizdagi mutlaqo barcha o'zgarishlar o'zingiz haqingizda shakllantiradigan muayyan yangi emotsional aqliy shaklda vujudga keladi. Qolaversa, o'zingizga hech qachon muvaffaqiyatli kishilarni tanqid qilishga yo'l qo'ymang. Muvaffaqiyatli kishilarni tanqid qilib, o'zingizdagi muvaffaqiyatning barcha imkoniyatlarini zaiflashtirasiz. Aksincha, muvaffaqiyatli kishilar bilan zavqlaning! Boshqalarning zafarlariga qancha hursand bo'lsangiz, muvaffaqiyatga o'zingiz shuncha tez erishasiz.

 Ikkinchi sir: Boshqalardan farqli bo'lish, ustun kelishni - hayotingizning asosiy maqsadi etib belgilang. Bajaradigan barcha ishlaringiz yuksak darajada bo'lishiga intiling va o'zingizga yuqori talablarni belgilang. Bajaradigan ishlaringizda yuqori darajali professionalizmga erishmaguningizga qadar, hech qachon boy va baxtli bo'la olmaysiz. O'z oldingizga shunday maqsadni qo'ying va shu yo'nalishda harakatni boshlang. O'z ishingiz va kasbingizda yanada a'lo bo'lishingizga sabab bo'luvchi har bir qadamingiz sizni yanada baxtli qiladi. Faoliyat yuritadigan sohangizda birinchi yigirmatalik, so'ngra o'ntalik, keyin esa beshtalikka aynan siz kirishingiz kerak ekanligingiz to'g'risida qaror qabul qiling.

 Uchinchi sir: o'zingiz va hayotingiz uchun butun mas'uliyatni bo'yningizga oling. O'zingizga qancha ko'p mas'uliyatni olsangiz, shu darajada sohangiz etakchisiga aylana borasiz. O'z muvaffaqiyatsizliklarida boshqalarni ayblashda to'xtashning eng tez usuli - bu o'ziga: “Bunga men javobgarman!”, deyishdir. O'zingizga qancha ko'p mas'uliyat olsangiz, hayotingizni aynan o'zingiz nazorat qilayotganingizda shuncha ko'p his va ishonch paydo bo'ladi. O'z hayoti ustidan nazorat va baxt hissi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqa mavjud. Buni unutmang.

• To'rtinchi sir: doimiy izlanishni o'z hayotingizning maqsadi qilib oling. “O'zini-o'zi qilgan” millionerlar o'z hunarlarida izlanishda hech qachon to'xtamaydilar. O'z ishingiz to'g'risida har kuni yangilik o'rganishga intiling, salohiyatingizning barcha kuchlarini ishga soling. Qancha ko'p o'rgansangiz, oldinga qarab shuncha tez va ilgarilab boraverasiz. Bilim va ko'nikmalar – 21 asrda muvaffaqiyatlarga erishishning kalitidir. O'zingizda yana qancha qo'shimcha bilim va ko'nikmalarni rivojlantira olishingizda hech qanday to'siq yo'q. Demakki, hayot davomida ilgariga qarab borishingizning tezligi hech nima bilan chegaralanmagan.

• Beshinchi sir: Ijodkorlikni rivojlantiring va yangi topilmalarni qo'llang. Maqsadlaringizga erishishning yangiroq, tezroq va samaraliroq yana qanday yo'llari borligini aniqlang va bu yo'lda izlaning. Qancha ko'p narsani o'rgansangiz va qancha ko'p harakat qilsangiz, atrofingizda shuncha hayratomuz voqealar yuz beraveradi.

• Oltinchi sir: Tezkor va ishonchli, degan nomga erishing va shu orqali boshqalarga sizga ishonish mumkinligini namoyon eting. “O'zini-o'zi qilgan” millionerlar tez harakat qiladilar va o'z so'zlarida turadilar. Kishilar ularga ko'proq tayana boshlaydilar. Izchillik – muvaffaqiyat garovi. O'ta aqlli bo'lish yoki qandaydir noyob iste'dodga ega bo'lish shartmas, shunchaki ilgariga qarab izchil harakat qilish kerak xolos. Nimaiki va'da bergan bo'lsangiz, barchasini hamisha vaqtida bajaring. Kishilar sizga doimo va har qanaqangi vaziyatlarda ishona boshlamagunlariga qadar, faoliyatingizda yuqori darajali sifatga rioya qilishda davom eting.

• “O'zini-o'zi qilgan” millionerlarning ettinchi siri bu tirishqoqlikdir. Bu sifatsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Hech qachon taslim bo'lmang. Muvaffaqiyatga erishish uchun, ehtimol, ko'p va og'ir sharoitda ishlashga to'g'ri kelishi mumkinligiga tayyor bo'ling. Bir necha ming millionerlar orasida tadqiqot o'tkazilganda, ularga “Siz nima uchun va qanday qilib muvaffaqiyatli bo'ldingiz?”, degan savol berilgan. Ularning 85%i tamomila bir xil javob qaytarishgan – «Muvaffaqiyat hamisha mening hamrohim, negaki, men boshqalarga qaraganda ko'proq va zo'r berib ishlayman». Shuning uchun ishni boshqalarga qaraganda ertaroq boshlash, ko'proq ishlash va ishdan kechroq ketishlarga tayyor turing. “O'zini-o'zi qilgan” millionerlar haftasiga 50-90 soat ishlaydilar. Aksariyati 70-80 soat ishlaydi. Boshqacha qilib aytganda, haftasiga 40 soat ishlab, muvaffaqiyatli bo'lgan kishilar mavjud emas. Haftasiga 40 soat ishlash - sizga tirik qolishni ta'minlaydi xolos. 40 soatdan oshig'i – bu muvafaqqiyatingizga mablag' sarflash demakdir. O'z ustingizda, hech bo'lmaganda, ishda ishlagandek –ko'p, faol va astoydil ishlang va bu albatta o'z samarasini beradi.

Bugungi kunda, biz, har kuni yo'liqayotgan ulkan axborot oqimida ro'y-rost vaziyatni aniqlash juda mushkul. Shunday bo'lsa-da, tonnalab ma'lumotlarni o'rganib chiqadigan, va shu orqali, noyob tajribaga erishgan kishilar oramizda mavjud, albatta. Ularning o'zi, hayotlarida muayyan cho'qqilarga erishgach, boshqalarga yaxshini yomondan ajratish va jamoatga eng muhim bo'lgan axborotni etkazishga ko'maklashadilar. Brayan Treysi ham shunday inson – bo'lajak millionerlarni “o'stiruvchi” millioner. Siz bu kabi kishilarni tanqid qilib, o'zingizning baxt va taraqqiyot sari yo'lingizni berkitishda davom etishingiz yohud ularning biriga aylanishingiz mumkin. Ayniqsa, bu kabi imkoniyat sizda endilikda mavjud: 7 noyabr kuni Toshkentda Turkiston san'at saroyida Brayan Treysi o'zining butun dunyoda eng mashhur “Maksimumga erishish” seminari bilan chiqish qiladi.

Eslatamiz, Brayan Treysidan eksklyuziv seminar - tadbirning Bosh aloqa homiysi bo'lmish, Ucell mobil aloqa operatori ko'magida o'tkaziladi. Ta'kidlash joizki, kompaniya O'zbekistonda bu kabi maorifga oid tashabbuslarni ilk marotaba ko'rsatayotgani yo'q. Hayotni yaxshilik sari o'zgartirishni shior qilib olgan Ucell, o'z shaxsiy va professional ko'nikma va sifatlarini rivojlantirish va mukammallashtirishga intilayotganlarga seminarga tashrif buyurish imkoniyatini taqdim etadi. Shu bilan birga, Ucelldan maxsus viktorina natijalariga ko'ra, 10 ta qatnashchi-finalistlar mazkur jahon ko'lamiga teng tadbirda qatnashib, Brayan Treysi bilan shaxsan muloqotda bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladilar! Viktorinada ishtirok etish talablari juda oddiy – buning uchun Ucell abonenti bo'lish va maximum@ucell.uz ga “B.Treysining “Maksimumga erishish” seminari hayotimni qanday qilib yaxshilikka tomon o'zgartira oladi?” degan savolga javobingizni elektron xat ko'rinishida jo'natsangiz kifoya. Ucell namoyandalari, hamda seminarning tashkilotchilari va hamkorlari ishtirokidagi viktorinaning hakamlar hay'ati savolga eng sara va original bo'lgan javoblarni tanlaydi. Viktorina natijalari 2015 yil 5 noyabr kuni www.ucell.uz saytida, hamda operatorning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi. Shoshiling, ehtimol, omad aynan sizga kulib boqar!

Seminar to'g'risidagi batafsil ma'lumot tadbirning rasmiy sayti www.change.uz va (+99890) 994-12-11, (+99890) 995-12-11, +998 (90) 994-16-11 telefonlari orqali olinishi mumkin.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 5223 | Голосов:: 0| Теги:: Narxi millionga teng fikrlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 02:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Umar Shamsiyev - Mayli-mayli  
. Iroda Dilroz - Ikkimiz  
. Nilufar Usmonova - Kel Ikkimiz  
. Lola ft. Shaxriyor - Ko'nikmadim  
. Dilso'z - Vatanni sevish kerak  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Chaqaloqlar (New Version)  
. Munisa Rizayeva - Sensiz  .
. Nilufar - Orzular  
. Shahzoda feat. Dr. Costi - Billionaire  
. Asilbek Amanulloh - Janee  
. Baxrom Nazarov - Yana Keldim  
. Shoxruz (Abadiya) ft. Maxsuma - Yuraklarda  
. Shaxboz va Navruz - Yuragimdan O'chiray  
. Farhod va Shirin - Voha Voha  
. Farrux Raimov - Olmaxonim  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Siz yig'lamang  .
. Bexruz Tohirov - Yolg'izman (OST) Yolg'izlar  
. Eldido Guruhi - Sevamande Baralla  
. Sardor Rahimxon - Друг  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Vatan Bilan Bo'l  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola