Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. TisMarHan-soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
Главная » Файлы » Qiziqarli

Navoiydagi istirohat bog‘i 14 xil zamonaviy attraksionlar bilan jihozlandi
   

  Navoiy shahrining arxitektura qiyofasini zamonaviy shaharsozlik qoida va talablariga muvofiq tubdan yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmasi hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va kompleks joylashtirish, obodonlashtirish bo‘yicha ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, qo‘shimcha madaniy-ijtimoiy inshootlar barpo etilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

        Aholi, ayniqsa, bolalarning miriqib dam olishi, hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda, – deydi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i direktori Bahodir Rajabov. – Ikkita musiqali favvora bunyod etilayotgani dam oluvchilarga munosib sovg‘a bo‘ladi. 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni yangicha qiyofada foydalanishga topshiriladigan xiyobon 14 turdagi eng zamonaviy attraksionlar bilan jihozlandi. Mo‘jaz hayvonot bog‘i, amfiteatr majmuasi va akvapark xiyobonning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.
         Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar shahar va qishloqlarimizning qiyofasi yanada ko‘rkamlashib, odamlarning turmush sharoiti yaxshilanishi, ma’naviyati, madaniy saviyasi yuksalishiga xizmat qilmoqda.
               Shaharda keng ko‘lamli yangi qurilishlar, uy-joylarni kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish, uy-joy kommunal, yo‘l xo‘jaligi va transport xizmati, suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minotini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotir.
                  Eslatib o‘tamiz, Navoiyda 2013-yili 7-bolalar musiqa va san’at maktabi tubdan rekonstruksiya qilinib, Navoiy davlat konchilik institutining kimyo-metallurgiya fakulteti binosi kapital ta’mirlandi. 124 xonadonga mo‘ljallangan 7 qavatli zamonaviy bino, 3 qavatli savdo majmuasi barpo etildi.



Категория: Qiziqarli
Просмотров: 4364 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Navoiy shahri
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное