Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Samomiy Ishq-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Soundtreck-Великолепный Век
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Navoiydagi qamoqxonada mahkum o‘z joniga qasd qildi. Bunga koloniya xodimi aybdormi?
Joriy yilning 4 fevral kuni Facebook’dagi Dildora Boymurodova ismli foydalanuvchi o‘z sahifasida Navoiy viloyatidagi 36-sonli manzil koloniyada jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkum Umid Jonuzoqov o‘z joniga qasd qilgani, unga nisbatan koloniya katta tezkor vakili lavozimida xizmat qiluvchi mayor Lochin Xidirov tomonidan bosim o‘tkazilganligi to‘g‘risida video murojaat joyladi.

 
Unda Navoiy viloyati 36-son manzil koloniyasida Lochin ismli xodim mahkumga tazyiq o‘tkazganligi ustidan mahkum o‘ziga tan jarohati yetkazganligi aytiladi. Lochin ismli hodim mahkumdan pul so‘raganligi ham aytib o‘tiladi.

Holat yuzasidan IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti o‘rganish olib borib, natijalarini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2015 yil 30 sentyabr kuni jinoyat ishlar bo‘yicha Navoiy shahar sudining hukmiga ko‘ra, mahkum Umid Jonuzoqov O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib bosqinchilik sodir etish) bilan aybli deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 57-moddasi tartibida 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. U 2016 yil 17 noyabrda jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudining ajrimi bilan jazodan ozod etilgan.

Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha 2018 yil 14 aprel kuni Jinoyat ishlar bo‘yicha Zarafshon shahar sudining hukmiga ko‘ra, u JKning 164-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari, 219-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 57, 59, 61-moddalari tartibida 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Joriy yilning 1 fevral kuni soat 12:30 larda manzil-koloniya 2-turkum mahkumlar yotoqxonalarini ko‘zdan kechirish maqsadida manzil koloniya xodimlari 204-xonaga kirgan vaqtida mahkum U.Jonuzoqov mahkumlar uchun taqiqlangan sensorli telefon apparatidan foydalanib o‘tirganini ko‘rib, telefon apparatini berishligini so‘raganda, mahkum sensorli telefon apparatini bermasdan faol qarshilik ko‘rsatganyu Shundan so‘ng, koloniya xodimlari mahkum U.Jonuzoqovdan mahkumlar uchun taqiqlangan sensorli OPPO rusumli telefon apparati olingandan so‘ng, mahkum o‘zini xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi, qonunda belgilangan jazoni ijro etish tartiblariga qarshi munosabatda bo‘lgan mahkumlar O.S, V.M, T.M, U.B hamda M.X.ni chaqirib koloniya xodimlaridan olingan telefon apparatini qaytarib berishini noqonuniy ravishda talab qilgan.

Shuningdek, ular koloniya ma’muriy binosiga kelib “telefonni qaytarib bermasanglar senlarga muammo keltirib chiqaramiz, o‘zimni o‘ldiraman”-deb g‘ayriqonuniy ravishda o‘zlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida faol qarshilik ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng, mahkum U.Jonuzoqov o‘zi bilan yashirincha saqlab kelayotgan mahkumlar uchun taqiqlangan o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘i va og‘iz bo‘shlig‘ida saqlab kelayotgan piska bo‘lagi bilan ikki qo‘li bilak hamda bo‘yin sohasini tilib, o‘ziga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda mazkur holat Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan o‘rganilib, voqea ishtirokchisi bo‘lgan mahkumlar, xodimlar va guvoh mahkumlarning ko‘rsatmalari asosida Zarafshon shahar sudi tomonidan mahkum U.Jonuzoqovga o‘talmay qolgan jazosining qolgan qismini yopiq turdagi koloniyada o‘tash belgilangan.

Sudda mahkum U.Jonuzoqov koloniya katta tezkor vakili mayor Lochin Xidirovga tuhmat qilganini, boshqa mahkumlarning undovi bilan o‘ziga tan jarohati yetkazganini ma’lum qilgan. 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1468 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bunga, xodimi, aybdormi, Navoiy, qamoq, qildi, qasd, o‘z, koloniya, mahkum, joniga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное