Ulug'bek Rahmatullayev ... Ulug'bek Rahmatullayev ...
Rayhon - Mayli Manda (V... Rayhon - Mayli Manda (V...
Rashid Holiqov - Leyla ... Rashid Holiqov - Leyla ...
Ravshan Komilov - Ketdi... Ravshan Komilov - Ketdi...
Feruza Jumaniyozova - S... Feruza Jumaniyozova - S...
Dildora Niyozova - Yuld... Dildora Niyozova - Yuld...


Загрузка...
Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. TisMarHan-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Soundtreck-Великолепный Век
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Nega dollar kursi keskin ko‘tarildi? Markaziy bank izohi


Markaziy bank dollar kursi nega ko‘tarilib borayotganiga izoh berdi.

Oxirgi uch oyda tashqi iqtisodiy sharoitlarining o‘zgarishi ichki valyuta bozorida milliy valyuta almashuv kursining shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

O‘tgan yilning sentabr oyidan boshlab valyuta almashuv kursi bozordagi xorijiy valyutaga bo‘lgan joriy talab va taklif holatidan kelib chiqib shakllanib kelmoqda.

Valyuta kursining o‘zgarishi oldingi yillarda kuzatilgan doimiy devalvatsiya tendensiyasidan farqli ravishda, joriy yilda ichki va asosan tashqi omillar ta’sirida shakllanib, turli yo‘nalishdagi dinamikaga ega bo‘lmoqda.

2018 yilning yanvar-iyul oylarida valyuta kursi dinamikasi asosan mavsumiy omillar ta’sirida shakllandi.

Xususan, yanvar oyida eksport va xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining nisbatan kam bo‘lganligi sharoitida milliy valyuta almashuv kursi 8139 so‘m/dollardan 8189 so‘m/dollargacha pasaydi.

Shu bilan birga, mart-iyul oylarida eksport va boshqa manbalardan valyuta tushumlarining oshishi natijasida so‘mning almashuv kursi teskari dinamikaga ega bo‘lib, birinchi avgust holatiga 7782 so‘m/dollargacha qadri oshdi.

Bundan tashqari, chet el valyutasidagi kreditlar hajmining tez sur’atlarda o‘sishi va depozitlar dollarizatsiya darajasining pasayishi ichki valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talabni qisman qondirilishiga xizmat qildi. Shuningdek, milliy valyutadagi muddatli va jamg‘arma depozitlar hajmining oshishi ham so‘m almashuv kursining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Joriy yilning avgust oyidan boshlab almashuv kursi dinamikasiga tashqi omillar, ayniqsa asosiy savdo hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlar milliy valyutalarining qadrsizlanishi (Rossiya – 19 foiz, Qozog‘iston – 17 foiz, Xitoy – 9 foiz, Turkiya – 56 foiz) ta’siri kuchaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu davlatlar valyutalari kurslarining keskin o‘zgarishi so‘m almashuv kursiga bir oydan uch oygacha bo‘lgan muddatdan keyin o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Natijada so‘mning real almashuv kursi ushbu davlatlar valyutalariga nisbatan qadri sezilarli darajada oshdi (Rossiya rubliga nisbatan 29 foizga, Qozog‘iston tangasiga nisbatan 22 foizga, Turkiya lirasiga nisbatan 67 foizga, Xitoy yuaniga nisbatan 14 foizga).

Ushbu holat mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini pasaytirib, ichki valyuta bozoridagi talab va taklif darajasiga ta’sir etmoqda.

Birinchidan, yuqorida qayd etilgan valyutalarning keskin devalvatsiyasi tashqi bozorlarda mahalliy eksportchilar mahsulotlarini qimmatlashuviga olib kelib, ularning valyuta tushumlarini qisqartirdi.

Ikkinchidan, ichki bozorda mahalliy mahsulotlar narxlarining chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxlariga nisbatan raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu, o‘z navbatida, chetdan import qilishni rag‘batlantirgan holda, xorijiy valyutaga qo‘shimcha talabni keltirib chiqarmoqda.

Uchinchidan, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro pul o‘tkazmalarining asosiy qismi to‘g‘ri keladigan davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi, ushbu davlatlardan mamlakatimizga yuboriladigan pul o‘tkazmalari hajmining kamayishiga olib keldi.

Yuqorida keltirilgan omillar ta’sirida 2018 yilning avgust oyidan boshlab so‘m almashuv kursining ichki valyuta bozoridagi sharoitlarga javoban o‘zgarishi kuzatilib, joriy yilning 18 sentabr kuni 8062 so‘m/dollarni* tashkil etdi (yil boshida – 8139 so‘m/dollar).

 

Shu bilan birga, 2018 yilning qolgan oylari so‘m almashuv kursining yil boshidagi darajasiga nisbatan keskin o‘zgarishi kutilmayapti.

Valyuta kursining joriy dinamikasi tashqi omillar ta’sirini yumshatib, iqtisodiyotimizni o‘zgaruvchan tashqi sharoitlarga moslashishiga yordam beradi. Xususan, Xalqaro pul o‘tkazmalari va eksportdan tushadigan tushumlarning kamayishi sababli yuzaga keladigan yo‘qotishlar, almashuv kursi pasayishi natijasida uning so‘mdagi ekvivalentining oshishi hisobiga ma’lum darajada qoplanadi.

Markaziy bank tomonidan kelgusida ham, almashuv kursining fundamental trendiga ta’sir etmagan holda, uning keskin tebranishlarini oldini olish maqsadida, ichki valyuta bozorida intervensiyalar amalga oshirib boriladi.

Markaziy bankning ichki valyuta bozoridagi ishtiroki oltin-valyuta rezervlari hajmini oshirish yoki ulardan valyuta almashuv kursini ma’lum darajada ushlab turish uchun foydalanish maqsadlarini ko‘zlamaydi. Avval ta’kidlanganidek, Markaziy bank “oltin-valyuta rezervlar neytralligi” tamoyiliga amal qilishni davom ettiradi.

Bunda, Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotish, ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan oltin hajmi doirasida likvidlikni sterilizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Intervensiyalar hajmi ichki valyuta bozoriga kelib tushadigan xorijiy valyuta tushumlarining mavsumiyligi ta’sirida oylar orasida o‘zgarishi mumkin.

Milliy valyutaning qadrsizlanishi ichki narxlar shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘m almashuv kursining bir foizga qadrsizlanishi yillik inflyatsiya sur’atini o‘rtacha 0,2 foiz bandga tezlashishiga olib keladi.

Tashqi omillar o‘zgarishi va so‘m almashuv kursi dinamikasining inflyatsiya darajasi hamda inflyatsion kutilmalarga ta’sirini kamaytirish maqsadida pul-kredit siyosati yo‘nalishlariga tegishli o‘zgartirish kiritish masalasi Markaziy bank Boshqaruvining joriy yil 22 sentyabridagi yig‘ilishida muhokama qilinadi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10329 | Рейтинг: 0| Рейтинг: dollar, Markaziy bank, kurs
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Загрузка...

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Shoxruz (Abadiya) - Sog'ina  
. Ziyoda - Yonimda  
. Dildora Niyozova - Ko'ngil  
. Ali Otajonov - Mani Mani  
. Мот - По Буквам  
. Yulduz Usmonova - Ты-ты  
. Doston Ubaydullayev - Shirin-shirin  
. Ruhshona - SuperStar (cover Loboda)  
. Vohidjon Isoqov - Boysinmagan Yurak  
. Mavluda Asalxo'jayeva - Yomg'ir  
. Ali Otajonov - Ko'rgim Kelar  
. Xurshid Rasulov - Мои Года  
. Xurshid Rasulov - Пожелание  
. Husan - Kuyov Jo'ralar  
. Shaxina - Baxtimsiz  
. Yulduz Usmonova - Прощай  
. Nilufar Usmonova - Zirapcha  
. Daler Xonzoda - Dardlarim Aytay  
. Xo'ja Guruhi - Tunlarim Bedor  
. Shoxrux - Jononim  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Tola
. Ummon - Ming Afsus