Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Ayol Qalbi - You can't say
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Qo'rqmas - soundtreck
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Pazanda - Sad Love
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Nega turk seriallarini tanqid qilamiz? O'zbek filmlarida ham negativ holatlar bor-ku!


Ma'lumingizkim, yaqinda «Zo'rTV» telekanaliga fuqarolardan biri qo'ng'iroq qilib, turk seriallari namoyishi to'xtatilishini talab qilgan, bu seriallar yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir o'tkazayotganini aytgandi. «Sevimli TV» bosh muharriri Lola Shoimova xuddi shu mavzuda o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Muharrirning aytishicha, agar serial yoqmasa, tomoshabinning qo'lida pulti bor, boshqa kanalga olaverishi mumkin ekan.

— Masalan, «Shum bola» filmida ham ayolning eriga xiyonat qilish, begona erkak bilan xufiyona uchrashish sahnasi bor. Shum bolani o'g'rilar o'z tarafiga og'dirishga, hunarlarini o'rgatishga urinish sahnasi ham barchaga ma'lum. Nega shu filmni tanqid qilishmaydi? Turk seriallari ham mentalitetga, millat sha'niga teguvchi sahnalarni namoyish etayotgani yo'q. Negativ sahnalar bo'lsa, tomoshabin shuni ko'rib to'g'ri xulosa chiqarsin degan niyatda filmlarga, seriallarga kiritiladi. Basharti kimgadir serial yoki film yoqmasa, qo'lida pulti bor, boshqa kanalga oladi, vassalom…

Shu o'rinda bir gapni aytish joiz deb bilamiz. O'zbek rejissyorlari, prodyuserlari yengil-elpi, ularning ta'biri bilan aytganda, «kassabop» filmlar yaratishga moyil. Ularni tomoshabinning talabi ham, saviyasi ham umuman qiziqtirmaydi. Agar yaxshilab razm solinsa, dunyo standartlariga javob bera oluvchi film, seriallar qilsa bo'ladigan asarlar to'lib-toshib yotibdi. Ammo rejissyorlar bu asarlarga qarab ham qo'yishmaydi. Ular pulni begona mualliflar bilan bo'lishgisi kelmaydi. Shuning uchun ssenariyni ham o'zlari, yoki o'zlariga qarashli odamlar bilan birga yaratib qo'ya qolishadi. Filmlar, seriallar esa umuman talabga javob bermaydi. Ular tumtaraq sahnalardangina iborat. Bu yerda na aktyor ijrosi, na ssenariy, na rejissyorlik ishi ko'rinadi. Hech narsa yo'q. Hammayoq bo'shliqdangina iborat. Xo'sh, bu kinolar bilan qanday qilib dunyo sahnasiga chiqish mumkin? Dunyo tugul O'zbekistonning ichkarisidan chiqib hatto Qozog'istongacha-da yetib borib bo'lmaydi. Shunday ekan, kinochilar xuddi o'sha ba'zi fuqarolarga yoqib tushmayotgan xorij film va seriallaridan o'rganishsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Tag'in xudo biladi.



Manba:hordiq.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3922 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: turk seriallari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Proud94 Voy haqiqatni gapiradiganlar ham bor ekanu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное