Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Нилуфар Усмонованинг навбатдаги турмуш ўртоғи Ким?


"Turknigoh” 24 mamlakatdan saralangan qo`shiqchilarga Turkiyaning Eskishahar shahrida mezbonlik qildi. Yarim finalga 12 ta davlatlar orasida 4-o`rin qozongan Nilyufar Usmonova  mamlakatimiz faxri bo`lishiga shubha qoldirmadi. Finalda 11-o`rin egasi bo`lishga muvaffaq bo`lgan xonandamizni 1-o`rin bo`lmasa-da baribir qutlaymiz. Axir yirik tanlovda jonli ijroda o`z san`atini ko`rsata olgani ham bir g`alaba-ku!? "Turknigoh” ishtirokchilari  Istanbulda,  Surmeli Hotelda jamlanishgani haqida xabar topdik. Ishtirokchilar sharafiga uyushtirilgan bazmdan so`ng ular birin-ketin mehmonxonaga qaytishdi. Ulardan eng birinchi bo`lib, "Turknigoh” birinchi o`rin sohibi - Ozorbayjon vakili Farid Hasanovni suhbatga tortdik.

-Avvalo ishtirokingiz va birinchi o`rin sohibi bo`lganingiz bilan tabriklayman.

- Assalomu aleykum. Katta rahmat!

- Taassurotlar qanday?

- Juda hayajondaman va hursandman. Vatanimning  1-o`rin egallashiga hissamni qoshganimdan baxtiyorman.

-Biz O'zbekiston vakili Nilufar Usmonova bilan suhbat qilgani kelganmiz. U haqida fikringiz?

-Nilufar juda ochiqko`ngil, quvnoq qiz ekan. Shu xislatlari menga juda yoqdi  va do`st bo`ldik. Aslida men o`zbek san`atini juda hurmat qilaman. O`zbekistondan Yulduz Usmonova va Nasiba Abdullaevaning qo`shiqlarini sevib tinglayman. Xalqimiz ularni  juda hurmat qiladi.

Shu orada Nilufar tashrif buyurgani uchun Farid bilan suhbatimizni yakunlashga to`g`ri keldi.

Faridga ijodiy parvoz tilab qolamiz.

(Kichik Usmonovaga Jasur Hamroyev tomonidan yo`llangan savollarni berdik)

-Нилуфар, аввало, жонли куйлаб, ҳеч кимдан кам эмаслигингиз билан табриклайман. Ростини айтинг, ҳаяжонландингизми?

-Juda hayajonlandım. Bırınchı kelgan kunımızdan boshlab repetısıya jarayonları bo`lıb o`tdı. Bu yarim finaldan oldin bo`layotgan voqea. Hali oldimizda yarim final va final bor edi.  Har bir repetisiyada bir qo`shiqni jami 8 marotaba  jonli ijro etdim. Shu sababli ovozimga katta ta`siri bo`ldi. Ochig`ini aytsam, biz to`ylarda o`rganib qolganmiz:  fonagrammadan  foydalanishni, har doim ham jonli aytolmaymiz. Ko`p joylarda apparatura jonli ijroga moslashtirilmagan. Shu sababli ovozim o`rganmagan jonli ijroda kuylashga va shu tajribasizlik oxirida o`z belgisini bildirdi. Ilk marta dunyo miqyosidagi konkursda ishtirok etayotganim va 300 million odam tomosha qilayotganini bilib, sahnaga chiqish ishoning,  katta hayajon uyg`otdi.

-Катта сахна. Рақобатчилар. Нималарни ҳис қилдингиз?

-Yuqorida ta`kidlab o`tganimdek, Eskishaharga tashrif buyurgan kundan boshlab uxlamasdan tayyorgarliklar qildik. Sahnani birinchi ko`rganimda to`g`risi, lol qoldim. U qadar salobatli, katta sahna va chet elda bunaqa proektda  ilk sahnada qo`shiq kuylashim edi. Raqobatni his qilishdan ko`ra O`zbekiston vakili sifatida menga yuklatilgan ishonchni oqlash hissi yuksak bo`ldi.

-"Туркнигоҳ” қай даражада ҳаққоний ўтди деб ҳисоблайсиз?

-Avvalo, " Turknigoh”ga katta rahmat. 24 davlatni bir joyga yig`ib, bizni, ya`ni san`atkorlarni yuksak saviyada, e`tibor bilan shu kungacha hurmatimizni joyiga qo`yib kelmoqdalar. Kontrakt bo`yicha qo`yilgan hamma talablardan ziyoda qilib, o`ziga yuklatilgan vazifalarini amalga oshirishdi. Albatta "Turknigoh”ga, TMBga  minnatdorchilik bildirib, Ozorbayjon vakili  1-o`rin qozongani bilan tabriklayman. Men  qozongan 11-o'rinimi  yoki  12-o'rinmi qaysi o`rin berilishi muhim emasdi. Muhimi,  300 million kuzatgan halq  kim qay darajada ijro etganligiga baho beradi degan tushunchada edim. Men uchun katta dars bo`ldi. U erga tashrif buyurgan o`zbek talabalarimizga, elchixona vakillariga va muhlislarimga, meni qo`llab-quvvatlagan do`stlarimga, o`z hurmat va ehtiromimni  bildirib qolaman. Men uchun asosiysi, ishtirok etish edi. O`zbekiston bayrog`ini shu sahnada ollib kelib hilpiratishni ilk kunlardan orzu qilgandim va bu oruzuimga "Turknigoh” soyasida erishganimdan minnatdorman.

-Дўстлар орттирдингизми?

-Ha, albatta, hamma ishtirokchilar bilan do`st tutundik. Ammo oralarida Bosniyadan kelgan bolalar bilan juda yaqin munosabatda bo`ldik. Hayotda juda hazilkashman, quvnoqman, hech ham xafa bo`lib yurishni xohlamayman. Shu taraflama Bosnyadan kelgan do`stlarim bilan juda bir-birimizni yaxshi tushundik. Makedoniya bilan do`stlashdik. To`g`ri, orada yulduzlik kasalaiga uchraganlar ham bor edi,  lekin shaxsan men bu narsalarni tushunmayman, chunki, baribir o`zbek qonimiz bor. Manmanlikni yoqtirmaydigan, insoniylikni birinchi o`ringa qo`yadigan halqmizning farzandlarimiz . Hammaga samimiy munosabatda bo`ldim. Juda hazilkash, oqko`ngil do`stlar orttirdim. Shov-shuv.uz uchun uchun eksklyuziv interv`yu bergan,   do`stlarim safiga kirgan "Turknigoh- 2013” g`olibi Farid Hasanov bilan yaqin kunlarda duet ijro etib va klip olishni rejalashtirdik.

-Эскишахар нималар билан сизни ҳайратга солди?

-Eskishahar afsonaviy tarixiy shahar ekan. Arxitekturasi umuman boshqacha:  past uylar... Yangi qurilayotgan binolar ham mana shu tarixiy elementlardan olingan. Shunisi bilan menda katta taassurot uyg`otdi . Anado`lu universiteti hayratga soldi, 2 miliondan ortiq  talaba tehsil olarkan. Eskishahar halqining  ko`pi talabalardan iborat bo`lganligi uchun, kafelariga kirsangiz ham talabalarga moslashtirilgan, ruhiyati yoshlarniki va bir so`z bilan aytganda,  quvnoq shahar ekan.

-Кўпчилик Нилуфар қўшиқни нотўғри танлаган. Унинг кўпқўшиқлари оммалашганди. Шулардан бирини куйлаганда сўссиз,биринчи ўринни оларди дейишди...

-Baribir birinchi o`rinni ololmasdim. Chunki,  birinchi kundan ovozim ketib qolgandi. Konkursga kelishdan oldin shartnoma bor edi. Bu shartnomada korsatilishi bo`yicha hali umuman prem`yera bo`lmagan 3 yoki 4 ta qo`shiqni oldindan yuborishimiz kerak edi. Bular tanlagani esa  shu qo`shiq bo`ldi. Sahnada katta hayajon ham bo`ldi, ammo joyi kelganda aytib o`tay, shu sahnada hayajonlangan daqiqalarimda, agar e`tibor berib kuzatgan bo`lsangiz, faqat bizni bayroqni  ushlab turgan vatandoshlarimizga qarab kuyladim , chunki manas hu bayroq ko`targan vatandoshlarimiz ruhiyatimni ko`tarib turdi, ular tarafdan kelgan vatanparvarlik hissi meni qo`llab turdi. Hammaga o`z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

-Онангизнинг бирон қўшиғини куйлашингиз мумкин эди. "Live Show”да " Туюқ”ларни куйлаб, ҳаммани лол қолдиргандингиз...

-Albatta onamning qo`shig`ini kim xohlamaydi kuylashni, lekin agar ayamning qo`shig`ini kuylaganimda butun Turkiya oyoqqa turib ketardi. Onasini kuyini kuylayapti , onasining hurmati ila shuhrat qozonmoqchi  degan fikir uyg`onishini istamadik. Yuqorida ta`kidlab o`tganimdek shartnomaga muvofiq ish tutdik.

-Янги альбомингиз сотувга чиқди. Шу ҳақида гапиринг...

-Yangi albomga  qo`shiqlarim ko`payib ketganligi uchun 3-4 dona yangi qo`shiqlarimni qo'yib sotuvga chiqartirdik. Albom qanchalik omadli bo`lganini muxlislar  baholashadi. Bahor oylariga yangi albom taqdimot qilishni rejalashtirmoqdaman.

 

-Сўнгги пайтда ўзингиз ҳақингиздаги қайси танқидни ҳазм қила олмадингиз?

-Menga oxirga kunlarda juda ko`p tanqidlar yog`ilmoqda. Ambisiyasi bo`lgan kishining tanqidiga ham qaramayman, maqtoviga ham qaramayman. Tanqidni to`g`ri qabul qilaman agar, tugri tanqid qilingan bo`lsa. To`gri, tanqidni yahshi ko`raman deya olmayman, shu faqat o`rinsiz bo`lsa etiborga olmaslikga harakat qilaman. Hammaga, ayniqsa, tanilgan insonlar ustidan kimgadir "show” kerak bo`ladi, shu sababli hazm qilishga harakat qilaman.

-Туркияда тез-тез бўлиб турасиз. Истанбул нимаси билан сизни мафтун этган?

-Alhamdulillloh musulmonman. Bu yerda masjidlarning ko`pligi, Istanbul ozgacha bir shaharligi, bu erdagi tarixiy maslkanlar va  baliq yahshi ko`rganligim uchun baliq restoranlari, baliq do`konlari ko`pligi juda qiziqarli!

-Бир миш-мишга нуқта қўйсангиз. Даврон Муқимов ("Тарона рекордс” директори)  ҳақиқатан сизнинг навбатдаги турмушўртоғингизми?

-Bu savolni har doim chetlab o`tganman. Chunki hammaning o`z shaxsiy hayoti bor. Davron bılan "Tarona”ga ılk kelgan kunlarımdan dushmandan battar edık, hattokı, "qo'l-qo'l” bılan urushgan paytımız ham bo`lgan. Mana yıllar o`tıb halı ham bırgalıkdamız. "Tarona”da hammamız do`st,  bır oiladekmız. Va bu savolnı yopıq qoldıraman.

-Фарзандларингиз ўз оталари билан тез-тез учрашиб турадими?

-Ota buyuk zotdir. Albatta, farzandlarim har doim otalari bilandir. To`ngich o`glim otasi -  sobiq turmush o`rtog`im bilan sevishib, birgalikda qancha qiyinchiliklardan o`tib, turmush qurgandik. Osmondan kelgan ilohiy sevgi bo`lgan bizda. Bu hayotda nimalar bo`lmaydi deysiz, hammaning shaxsiy hayoti mavjuddir. Nima bo`lib o`tganidan qat`iy nazar, men turmush o`rtogimni sevib turmush qurganman. Hozir unga nisbatan hech bir tuy`um qolmagan. Aslida men juda minnatdorman undan : sevgimiz,  turmush hayotimiz yakunlanganiga qadar menga go`zal munosabatda bo`ldi. Hayot shunaqa sinovlar bilan mazmunlidir. Baxtli hayot tilayman unga. Birinchi farzandim otasidan yahshi  fazilatlarni olgan. Ukalariga namunali akadir. To`ng`ichim ulg`aygach, otasi bilan nega ajrashganimni tushuntiraman. Mehribon onamni menga bergan tarbiyasidan minnatdorman. 50 bahorni qarshi oldilar. Umrlari uzoq bo`lsin. Onamni bizga qilgan mehnatlarini qancha qaytarsak ham oz. Farzandlarimning sevimli ayasi. Sizni, farzandlarimini juda sog`indim, onajon!

-Shov-shuv.uz  2014 йилда 10 йиллигини нишонлайди! Сиз шу сайтни биринчи тан олган мухлисларидан бирисиз. (Ҳар ҳолда Жасур Ҳамроев шундай ҳисоблайди.) Сайт ҳақида фикрларингиз?

-Avvalo, 10 yilligi bilan tabriklayman. Jasur Hamroev bilan bollalikdan bir-birimizni taniymiz. Jurnalistlik qobiliyati juda kuchli, qalami o`tkir inson. Hurmatim baland.  Hali internet tarmog`i O`zbekistonda rivojlanmagan paytda shov-shuv.uz, o`z yangiliklari bilan san`at ahlini lol qoldirardi. Negadir ijodiy hamkorligimizni faqat yordamchisi orqali amalga oshiradilar, agar oramizda qandaydir tushunmovchilik bo`lgan bo`lsa buni to`g`ri qabul kilish kerak.

-Қачон яккахон концерт берасиз? Ахир, чипта харид қилиб, концертингизга борадиган мухлисларингиз бугун етарли...

-Bilasizmi, 2014 yil fevral oylarida yakkaxon konsert  taqdim etish rejamizda bor edi. Afsuski, konsertimizga tayyorgarlik ko`rish uchun vaqt ajrata olmaganligim tufayli yana 2014-yilning o`rtalariga surildi. Sababi ketma-ket festival va konkruslardan taklif tushayotganidir. Yakkaxon ilk konsertimni jonli ijroda o`tkazish niyatim bor. Shu sababli ham konsertdan 3 oy oldin tayyorgarlik boshlamog`im lozim. Tez kunlarda muxlislar bilan yakkaxon konsertda kurishamiz degan umiddaman.

-Кўпроқ кимни тинглайсиз: Райҳон, Лола ё Шаҳзода? Балки,ўзингизни?

-Avvalambor yangi qo`shiq yaratshim bilan o`zimni tinglayman. Qayerda kamchiligi bo`lsa tuzatishga harakat qilish uchun. Shahzoda yaqin sirdoshim, Lola do`stim,  Rayhon yaqinim. Har birlarining qo`shiqlarini sevib tinglayman.

-Муаммоларни қандай ҳал қиласиз? Дардни қандай енгасиз?

-Hayotda optimist bo`lganim uchun doimmuammoni  kulgu, tabassum bilan hal qilishga harakat qilaman. Dardni esa faqat ichimga yutib, hech kimga ko`rsatmaslikka harakat qilaman. Chunki,  qayg`um   boshqalarning  dardiga dard bo`lishni xohlamayman.

-Ochiq suhbat uchun tashakkur. Endi dam oling. Sizga oq yo`l tilaymiz!

-Sizga ham omad va ijodiy parvozlar tilayman.


Sirojiddin Takhirov

Istanbuldan maxsus



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 28487 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Turknigoh, Nilufar Usmonova, Нилуфар Усмонова
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное