Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Nima uchun omadli insonlar har kuni bir xil kiyinishadi?


Moda sanoatining doimiy rivojlanib borishiga qaramay, kapsulali garderob deb ataluvchi atigi 10-15ta asosiy kiyimdan iborat garderob keng ommalashib bormoqda.
Va bundan ko‘proq eng boy va taniqli insonlar foydalanishadi.

Saytimiz ularning nega kiyimlari sonini ko‘paytirmasliklarining sabablarini aniqladi.

1. Kamroq qaror qabul qilinadi. Qabul qiladigan qarorlaringiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularning sifati shunchalik yomonlashadi. Masalan, “Feysbuk” asoschisi Mark Sukerberg mana shunday fikrda. Har kuni ish jarayonida muhim qarorlar qabul qiladigan kishilar har kuni ertalab qanday kiyim kiyish haqida bosh qotirishdan qutulishsa, miyalarida boshqa fikrlar uchun ko‘proq joy va vaqt qoladi.

2. Vaqtning behuda sarflanishi kamayadi. Biz har kuni qanday kiyim kiyish haqida bosh qotirishdan voz kechmagunimizcha qancha vaqtimiz kiyim tanlashga ketishini tasavvur ham qilolmaymiz. Besh yil ilgari Moskvada “333” deb nomlangan tajriba o‘tkazilgan: uch oy davomida tajribada qatnashayotganlar faqat 33ta kiyimni kiyishlari mumkin edi. Ishtirokchilar vaqtlari tejala boshlaganini, ertalab ishga tezroq yo‘l olishayotganini ta’kidlashgan.

3. Kamroq zo‘riqish. Nyu-yorklik art-direktor Matilda Kalning ta’kidlashicha, u kapsulali garderobdan foydalana boshlaganidan buyon kun davomida kiyimi haqida kamroq o‘ylaydigan bo‘lgan. Endilikda u o‘ziga o‘zi “bu kiyimim o‘ta rasmiy emasmikin? Juda ochiq kiyinmadimmi?” kabi savollarni berishdan qutulgan. 

4. Quvvat kamroq sarflanadi. Taniqli rejissyor Kristofer Nolan mana shunday fikrda. U katta garderobda kiyim tanlash, ularni asrab-avaylash, yuvib-tozalash quvvat talab qiladi deydi. Bunday insonlar o‘z vaqt va quvvatlarini ijodga sarflashni ma’qul ko‘rishadi.

5. Oz, lekin sifatli. “Ilgari kiyim javonim rang-barang qandlar chiqadigan qandolat fabrikasiga o‘xshardi, — deydi yosh onalardan biri. — Endilikda esa mening kapsulali garderobim xuddi qimmatbaho restoranga o‘xshaydi. Menda tanlash imkoniyati kam, lekin kiyimlarimning har biri menga yoqadigan darajada. Men bu kiyimlarda nafaqat ko‘rkam ko‘rinaman, balki o‘zimni yaxshi his qilaman”.

6. Oliymaqomlik. Amerikalik yozuvchi Elis Gregori shunday yozadi: “Har kuni bir xil kiyimda yurish qoyilmaqom. Bu o‘zingni taniqli deb his qilishning eng arzon va oson yo‘li. Bir xil kiyim sizning yetukligingizni, mo‘’tadilligingizni, qadriyatlaringizni aks ettiradi. Bolalar kitoblaridagi qahramonlar doimo bir xil kiyimda bo‘lishadi — ular o‘rnak olish, o‘zgarmaslikning namunasidir”.

7. Pul kamroq sarflanadi. Tan olaylik: kiyim javonlarimizda shunchalik ko‘p kiyim-kechak borki, ularning ayrimlarini hattoki kiymaganmiz ham. Endi esa bu kiyimlarga qancha pulingizni  sarflaganingizni hisoblang!



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 7147 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Omali insonlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное